1. Bank tizimining shakllanishi va ahamiyati Zamonaviy bank tizimining tuzilishi va holati


Zamonaviy bank tizimining tuzilishi va holati



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə3/4
tarix24.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#160324
1   2   3   4
2.Zamonaviy bank tizimining tuzilishi va holati
Zamonaviy kredit-bank tizimlari murakkab, ko‘p bo‘g‘inli tuzilmaga ega. Agar sinflarga ajratishda asos qilib, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar tavsifini oladigan bo`lsak, zamonaviy kredit tizimining uchta muhim elementini ajratish mumkin: markaziy bank; tijorat banklari; ixtisoslashgan (sug‘urta, ipoteka, jamg‘arma) moliyaviy muassasalar. Nemis prof. X.E. Byushgen tahriri ostidagi eng yaxshi darsliklardan biri bo‘lgan “Bank ishi” kitobida bank tizimi universal va ixtisoslashgan banklar, emission bankdan iborat, deb ta’kidlanadi. Markaziy bank yetakchi – banklarning banki rolini bajaradi.
Bank tizimi turg‘un holatda bo‘lmaydi, aksincha, u doim harakatda, o‘zgarishda. Birinchidan, bir butunlik sifatida bank tizimi doim harakatda, unga yangi tarkiblar qo‘shilib turadi, shuningdek, u mukammalashib boradi. Ikkinchidan, bank tizimi ichida muntazam ravishda yangi aloqalar yuzaga keladi. Munosabatlar markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasida ham, shuningdek, o‘zaro ham shakllanib boradi. Banklar banklararo kredit bozorlarida qatnashadilar, savdoga “uzun” va “qisqa” pullarni chiqaradilar, bir-birlaridan pul resurslarini sotib oladilar. Banklar bir-biriga o‘zgacha, masalan, korxonalarni moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarda ishtirok etish, birlashma va uyushmalar tashkil etish kabi xizmatlar ham ko‘rsatishi mumkin.
Bank tizimi – “o‘z-o‘zidan shakllanuvchi”, sababi iqtisodiy ahvolning, siyosiy vaziyatning o‘zgarishi bank siyosatining “avtomatik” o‘zgarishiga olib keladi. Iqtisodiy inqirozlar va siyosiy beqarorlik davrida bank tizimi ishlab chiqarishga ajratadigan uzoq muddatli investisiyalarni qisqartiradi, kreditlash muddatlarini kamaytiradi, daromadlarini asosiy emas, balki ko‘proq qo‘shimcha faoliyat turlari hisobidan oshiradi.
Ikki pog‘onali bank tizimi tuzilishi
Hozirgi vaqtda deyarli barcha bozor iqtisodiyoti mamlakatlarda ikki darajali bank tizimlari yaratilgan va faol rivojlanmoqda, ularning birinchi darajasida emission, qonun yaratuvchi, nazorat va boshqa faoliyat turlarini amalga oshiruvchi mamlakatning markaziy banki faoliyat ko‘rsatmoqda; ikkinchi darajasida esa – tijorat banklari.
Bank turlarining tasniflanishi

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin