1. Barmog’iga tikon kirib jarohatlagan va oshqozon rakiga chalingan bemorda tolerantlikning qaysi turlari to’liq faoliyat yuritmoqda va qanday hujayralar bu jarayonda ishtirok etmoqda?
2. 3 yoshli bolakay bog’chaga boradi va bog’cha dalasida sabzi ekilgan edi. Do’stlari bilan ulardan bir nechtasini iste’mol qildi. Oradan 4 oy o’tdi
va u oza boshladi, qornida og’riq turdi.
Qon analizida eozinofiliya, IgE titri biroz baland edi. Bolakayda qanday immune javob kechmoqda?
3. Orttirilgan immunitet qanday tabiatli organizmlar uchun tegishli?
4. Bemorimiz 37 yoshda. Oyog’ini urib oldi va travma oldi. 1 haftadan shu zonaga sariq suyuqlik to’planayotganligi ko’rdi va og’riq kuchayayotgan edi.
Qonida leykositoz aniqandi, IgM antitanalar aniqlandi. IgM sintezini to’liq tushuntirib bering va kortizol buyursak holat qaysi tarafga o’zgaradi?
5. Sog’lom 6 kunlik chaqaloq qabul bo’limiga onasi tomonidan olib kelindi. Bu onaning 2-farzandi. Bola APGAR shkalasi bo’yicha 9 bilan baholangan va 3 kungacha hamshira unda nojo’ya belgilar ko’rmagan. Qon guruhi aniqlanganda chaqaloqda 2-qon guruhi, onada esa 3-qon guruhi ekanligini ko’rsatdi. Nima sababdan chaqaloqda gemoliz jarayoni kuzatilmagan bo’lishi mumkin?
6. 6-yoshli bolakayda ko’ngil aynishi,qusish va keskin ozib ketish kuzatila boshladi. Bu holat yaqin 2 oy davomida rivojlanganini shifokorga aytdi. Shifokor axlat tahlili o’tkazdi. Ahlat tarkibida ko’plab parazitlar va uning tuxumlari aniqlanyapti. Parazitlar deyarli barchasi tiriklik belgilariga ega. Bemorda qaysi mexanizmlar ishdan chiqqanligi uchun bu holat aniqlanyapti?
7. Bemor IFA analizida Iglar juda titrda ekanligi aniqlandi. Bemor o’zi ham juda tez kasal bo’lishidan shikoyat qilmoqda. Limfa tugunidan olingan namunada antigen namayon qiluvchi Makrofaglar va T hujayralar o’rtasida bog’lanishi uchun Makrofagda oqsil yetishmayotganligi aniqlandi. Qaysi oqsil sintezi buzilgan? A)MHC-I B)MHC-II C)B h.ra retseptori D)Selektinlar
8. 32 yoshli ona
prenatal davo olishni istamadi, bu bolaga salbiy ta’sir etadi deb hisobladi. Uning bolasi sarg’aygan, jigari kattalashgan va tanasida umumiy shish bilan dunyoga keldi. Bola
qon analizida eritropeniya, gemoglobini 6 g/l,rezus omil oqsili va yadroli eritrotsitlar aniqlanyapti. Bola uzoq yashamadi va 9-kuni vafot etdi. Otasi o’g’li Jimmyga ukase boshqa
safar kechroq kelishini aytib, uni yupatdi. Chaqaloq o’limiga sabab bo’lgan antitana turini aniqlang?
9. Adam professional sayohatchi va deyarli 40% davlatlarni kezib chiqqan. U yashovchi shaharga noma’lum bakteriya qo’zg’atuvchi prevmoniya kasalligi aniqlandi va shunga o’xshash holat 3 yil avval Afrikada kuzatilganligi haqida ma’lumot olishdi. Adam Afrikada bo’lganida unda bu hastalik kuzatilgani va sog’ayishi juda qiyin kechganini ta’kidladi. Shahrida esa unda umuman kasallik belgilari kuzatilmadi. Bunga sabab bo’lgan immune tizimi va doimiy immune xotira qanday hosil bo’ladi?
10. Immun tolerantlikning klinik ahamiyati?