@Mahmud_Yazdanov +998913182468
Stol 5 (5A). Jigar va o't pufagi kasalliklari uchun ishlatiladi. Asosiy xarakteri - hayvon yog'lari va ekstraktivlarni cheklash.
Uglevodlarning yuqori miqdori. Ovqat ezilmaydi. Qovurishga yo'l qo'yilmaydi.
Stol 7 (7a, 76). Buyrak kasalliklari uchun ishlatiladi. Asosiy xarakteri - suyuqlik va tuzning qat'iy cheklovidir. Pyure
shaklidagi, qaynatilgan yoki bug'langan mahsulotlardan iborat.
Stol 8. Semizlik kasalligida ishlatiladi. Asosiy xususiyati – tuzni 3,5 grammgacha
cheklash, uglevodlar va yog'larni
chekalash tufayli sutkalik energiya qiymatini kamaytirish. Suyuqlik miqdori 1 litr, ziravorlar cheklanadi, o'simlik tolasi
ko'paytiriladi.
Stol 9. Qandli diabet kasalligida ishlatiladi. Asosiy xususiyati - oson hazm bo'ladigan uglevodlarni cheklash yoki yo'qotish,
hayvon yog'larini cheklash. Qaynatilgan yoki pishirilgan shakldagi oziq-ovqatlar tavsiya etish.
Stol 10 (10A). Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida ishlatiladi. Asosiy xarakteri osh tuzi, suyuqlik va hayvon yog'ining
cheklash. Qaynatilgan yoki pishirilgan shakldagi oziq-ovqatlar tavsiya etiladi.
Stol 11. Sil va umumiy toliqishlarda ishlatiladi. Asosiy xarakteristikasi ko'p miqdorda
oqsillar, yog'lar, uglevodlar,
vitaminlar va tuzlar (ayniqsa kalsiy tuzlari) bilan ovqatning energiya qiymatining oshishidir.
Stol 13. Febril temperaturada (o'tkir va yuqumli kasalliklar) qo'llaniladi. Rasionda qo'pol tola, sut va ziravorlar
cheklanadi, turli xil suyuq ovqatlar tavsiya etiladi. Kuniga 8 marta, kichik qismlarda ovqat iste'mol qilinadi.
Stol 15. Bu maxsus stolni tayinlash uchun ko'rsatmalar yo'qligida barcha kasalliklar uchun ishlatiladi. Ovqat ikki
marta
vitaminlarga boy, yog'li go'sht cheklangan.
Stol 0. Oshqozon va ichakdagi operasiyalardan keyingi birinchi kunlarda ishlatiladi. Asosiy xarakteristikasi kimyoviy va
mexanik ta'sirni kamaytirish. Taom har 2 soatda beriladi. Tarkibi suyuq va jele kabi shaklda.
Shifoxona oshxonasining ish tartibi, ovqatni tarkatish. Xozirda shifoxonalarda bemorlar uchun autsorting xizmati tashkil
etilgan bo'lib, ovqatlar maxsus parhez taomlari tayyorlanadigan kafelarda tayyorlanmoqda. Lekin, ko'pchilik
shifoxonalarda markazlashtirilgan oziq-ovqat tayyorlanadi. Ya'ni shifoxonaning barcha bo'limlari uchun oshxonada
parxezli ovqatlar stollarga mos tayyorlanadi va har bir bo'limga etkazib beriladi. Har bir bo'limda oziq-ovqatlar
bemorlarga tarqatiladi. Agar bemorga umumiy rejim tayinlansa bemor bo'limdagi ovqatlanish xonasida ovqatlanadi.
Bemor yotoqda bo'lsa, ularga palatada ovqat beriladi.
Dostları ilə paylaş: