Favqulodda bemorlarga parvarish Tеz tibbiy yordam stantsiyalari aholiga favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam
ko‘rsatib, kun davomida uzluksiz ishlaydi. Brigadani mustaqil ravishda chaqiruvlarga qoldiradigan, birinchi yordamni
ko‘rsatadigan va bеmorlarni kasalxonaga yotqizadigan paramеdik boshqarishi mumkin. Yuqori malakaga ega bo‘lgan
ihtisoslashtirilgan tibbiy yordamni shifokor boshchiligidagi jamoa ta'minlaydi va paramеdik unga bеmorlarni parvarish
qilish va tashishda yordam bеradi. Ko‘pgina tеz yordam stantsiyalarida zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan
avtomobillar mavjud bo‘lib, ular favqulodda yuqori malakali va ihtisoslashtirilgan yordamni ko‘rsatish uyda va
kasalxonaga olib boriladigan rеanimatsiya jarayonini amalga oshirish imkonini bеradi.
22) Termometrni saqlash va dizinfeksiya qilish? Termometr turlari
Hozirgi kunda dorixonalarda, tana haroratini o‘lchash uchun har xil turdagi termometrlarni topsa bo‘ladi. ularning har
birida o‘ziga xos yutuqlari va kamchiliklari bor:
Simobli (maksimal) termometr. Eng aniq ko‘rsatib beruvchi termometr va narxi ham hamyonbop. Bundan tashqari
shifoxona, poliklinikalarda ham keng ko‘lamda foydalaniladi. Chunki uni dezinfeksiya qilish oson va ko‘pchilikka qo‘llasa
bo‘ladi. Kamchiligi shundaki, bunday termometrlar yordamida tana haroratini o‘lchash uchun ko‘proq vaqt sarflanadi va
ular sinuvchan bo‘lishadi. Singan termometr esa zaharli simob bilan xavf tug‘diradi. Shuning uchun bolalar tana
haroratini o‘lchash uchun kam qo‘llaniladi, ayniqsa og‘iz orqali o‘lchashda juda xavfli.
Elektron (raqamli) termometr. Uy sharoitida foydalanish uchun juda qulay termometr. Tana haroratini o‘lchash uchun
qisqa muddatlar sarflanadi (30 sekunddan 1,5 daqiqagacha), o‘lchash tugagandan keyin “signal” chalib, xabar
beradi. Elektron termometrlarda yumshoq uchlari bo‘ladi, ular yordamida bolalarda rektal qo‘llash uchun qulaydir. Agar
termometr og‘iz orqali yoki to‘g‘ri ichak orqali foydalanilsa, individual qo‘llanilishi kerak – faqatgina shu bola uchun
ishlatilishi kerak. Bunday termometrning kamchiligi tana haroratini biroz xato ko‘rsatishidir. Shuning uchun termometrni
sotib olganda normal ko‘rsatkichni aniqlab olish kerak va shu ko‘rsatkich bo‘yicha qo‘llash kerak.
Yaqin yillar ichida yangi moslama – termapoloska (ya’ni maxsus chiziqlar). Egiluvchan kristalli plenkalar bo‘lib, tana
haroratining turli xil ko‘rsatkichlarida rangi o‘zgaradi. Tana haroratini o‘lchash uchun peshona sohasiga 1 daqiqa
davomida plenkani ushlab turish kifoya. Bunda tana haroratining aniq ko‘rsatkichi qayd etilmaydi, balki ranglarga qarab
“past”, “o‘rta” va “yuqori” ko‘rsatkichlarinigina ko‘rsatib beradi.