1 Bemorlarga umumiy parvarish nima?


Haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchash (aksilyar)



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/30
tarix30.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#135570
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
1 Bemorlarga umumiy parvarish nima

Haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchash (aksilyar). Tana haroratining aniq ko‘rsatkichda o‘lchash uchun teri quruq, termometr 
tanaga zich birikkan bo‘lishi kerak. Bunday o‘lchash usulida ko‘proq vaqt sarflanadi – 7-10 daqiqa. Qo‘ltiq ostidagi 
normal ko‘rsatkich 36,2-36,9 °C dir. 
Ko‘pincha biz haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchashda odatdagi simobli yoki elektron termometrdan foydalanamiz. Buni to‘g‘ri 
amalga oshirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak: 
1. Haroratni ovqat yeyish va jismoniy og‘irliklardan keyin darrov o‘lchash mumkin emas. Yarim soat kuting. 
2. O‘lchashdan oldin shisha termometrni silkitish kerak: simob ustuni 35 °C dan pastroqda turishi kerak. Agar 
termometr elektron bo‘lsa, uni yoqing. 
3. Qo‘ltiq osti quruq bo‘lishi kerak. Terni artish lozim. 
4. Qo‘lingizni mahkam siqib turing. Yaxshisi bolani qo‘lga oling va yelkasini o‘zingiz siqib turing. 
5. Agar yuqoridagi qoidaga amal qilgan bo‘lsangiz, simobli termometrda haroratni o‘lchash uchun 5 daqiqa kerak 
bo‘ladi. 
Haroratni oral, sublingual (og‘izda, til ostida) o‘lchash. Bizning mamlakatda bu usul bilan enchalik keng 
tarqalmagan bo‘lsada, Yevropa mamlakatlarida kattalarda tana haroratini o‘lchashning eng samarali usuli deb 
hisoblanadi. Termometrning turiga qarab, haroratni o‘lchash uchun 1 daqiqadan 5 daqiqagacha bo‘lgan vaqt sarflanadi. 
Normal ko‘rsatkich – 36,6-37,2 °C hisoblanadi. Bunday usul to‘rt yoshdan kichik bolalar uchun to‘g‘ri kelmaydi, chunki 


@Mahmud_Yazdanov +998913182468 
bunday yoshdagi bolalar hali termometrni muvofiq holda tutib tura olmaydi. Termometrni yuving. Datchik yoki simobli 
moslamani tilning tagiga qo‘yish va gradusnikni lablar bilan tutib turish kerak. 
Haroratni quloq kanalida o‘lchash. Bolalarda tana haroratini o‘lchash uchun maxsus termometr kerak bo‘ladi 
(kontaktsiz termometr), shuning uchun ham unchalik keng ko‘lamda tarqalmagan. Bu usul bilan nafaqat tana harorati 
o‘lchanadi, balki otit kasalligiga diagnoz qo‘yishga erishsa bo‘ladi. agar yallig‘lanish jarayoni kechayotgan bo‘lsa, har bir 
quloqdagi harorat ko‘rsatkichi bir biridan farq qiladi. Buning uchun maxsus infraqizil termometrlar mavjud: boshqa 
termometrlarni quloqqa tiqish foydasiz. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning harorati quloqda o‘lchanmaydi, chunki 
rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli natija noaniq bo‘lishi mumkin. Quloqni bir tomonga biroz torting va 
termometr datchigini quloq ichiga qo‘ying. O‘lchash uchun bir necha soniya kerak bo‘ladi.Rektal (to‘g‘ri 
ichakda). Bolalar uchun eng ko‘p tarqalgan usul to‘g‘ri ichak sohasida tana haroratini o‘lchashdir. Buning 
uchun elektron termometrdan foydalangan yaxshiroq, uning yumshoq uchini to‘g‘ri ichak sohasiga 1-1,5 daqiqa 
davomida ushlab turish kifoya. Normal ko‘rsatkich – 36,8-37,6 °C (qo‘ltiq ostidan o‘rtacha 1 °C ga farq 
qiladi).Qinda. Ko‘proq bazal haroratni o‘lchash uchun qo‘llaniladi (tananing eng past harorati, dam olish vaqtida qayd 
etiladi). Uyqudan keyin o‘lchanadi, 0,5 oC ko‘rsatkich o‘zgarishlari ovulyatsiya jarayoni boshlanayotganidan darak beradi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin