PEDAGOGIK IJODKORLIK VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Pedagogik ijodkorlik va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Ijod deganda keng ma’noda shaxs yoki jamiyatning tabiiy, ijtimoiy ma'naviy olamni insonning maqsad va vazifalariga, uning ehtiyojlari, istaklari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda o‘zgartirish borasidagi bunyodkor faolligi tushuniladi. Uzoq vaqtlar davomida ijod - bu insonga tabiat ehson etgan noyob qobiliyat, har kimga ham berilmaydi, deb hisoblanib kelingan. Aslida ijod - bu insonning moddiy va m a’naviy boyliklami yaratish faoliyati bo‘lib, unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati va irodasi faol ishtirok etadi hamda butun bilimi, tairibasi va iste’dod namoyon bo‘ladi. 0‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida ijod - yaratish, kashf etish;vujudga keltirish ma’nolarini anglatib, badiiy, iimiy, san’atga oid asar yoki moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik faoliyati hamda yaratuvchilik faoliyati mahsuli, samarasi ekanligi qayd etib o ‘tilgan. M a'naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘atida esa mazkur tushunchaga quyidagi tarzda ta’ríf berilgan: “Ijod (arab. yaratish, kashf etish, vujudga keltirish) - badiiy, ilmiy, amaliy asar yoki moddiy boylikni yaratish, vujudga keltirish. Ijod mohiyatan yaratuvchanlik faoliyati bo‘lib, inson m a’naviyatining amaldagi ko‘rinishini ifoda etadi”. Sh.Sharipov o‘quvchilarning kasbiy ijodkorligi uzviyligini tadqiq etish asosida ijod - insonning fan, texnika, ishlab chiqarish, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega boMgan yangilik yaratishi bilan bog‘liq murakkab psixologik jarayondir, degan xulosaga kelgan. S.Golovin tomonidan ishlib chiqilgan amaliyotchi psixolog lug‘atida ijod - yangi qimmatli g‘oyalarni ishlab chiqishning psixik jarayoni, yangi moddiy va m a’naviy ahamiyatga ega ne’matlami yaratish tarzida talqin etilgan.
FANDA “IJODKORLIK VA KREATIVLIK” TUSHUNCHALARI O’RTASIDAGI FARQLAR.
So‘nggi vaqtlarda “ijodkorlik” tushunchasi bilan birgalikda “kreativlik” atamasi ham keng qo‘llanilmoqda. Kreativlik - individning qayta ishlov berish va yaratish bilan aloqador xilma-xil faoliyat turlari, tashabbuskorligi, faolligi, boshqa kishilar bilan muloqot jarayonida, mental xatti-harakatlarigda namoyon bo‘ladigan ijodiy salohiyati va qobiliyatlari majmuidir. N.M .Gnatko “ijodkorlik” va “kreativlik” tushunchalari o ‘rtasidagi farqni quyidagi tarzda izohlagan: mazkur tushunchalar bir doiraga mansub hodisaning ikki jihatini, ya’ni ijodkorlik jarayonli-natijaviy jihatni, kreativlik subyektivlik bilan bog'liqlikni o ‘zida aks ettiradi. Garchi olim mazkur tushunchalar o ‘rtasidagi farqni ajratib ko‘rsatishga harakat qilgan bo‘lsa ham, biroq ta’rif ancha noaniqlik kasb etgan. Adabiyotlar tahlili hozirgi vaqtda “ijodkorlik” va “kreativlik” tushunchalari o ‘rtasida qator qarma-qarshilildar mavjudligini ko‘rsatadi: 1) “ijodkorlik” va “kreativlik” tushunchalari sinonim so‘zlar sifatida talqin qilinadi. Y a’ni kreativlik ijod psixologiyasi doirasida qoMlanilib, mazkur tushuncha alohida ajratib ko‘rsatilmaydi; 2) ijodkorlik yaxlitlikda madaniy faoliyat bilan bog‘liq, kreativlik esa subyekt uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqarish tarzida tavsiflanadi; 3) kreativlik ijodkorlik masalasini o‘rganishning alohida jihati sifatida inson salohiyati, ichki resurs bilan bog‘ liqlik kasb etadi. Aynan uchinchi yondashuv obyektiv jihatdan o‘rinli bo‘lib, kerativlikni ijodkorlikning o‘ziga xos jihatlaridan biri sifatida qabul qilish va uning doirasida mazkur masalani talqin etish maqsadga muvofiq.