1-bilet pedagogik ijodkorlik va uning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 46,87 Kb.
səhifə11/14
tarix05.12.2023
ölçüsü46,87 Kb.
#174143
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
ILMIY TADQIQOT BILET SAVOLLARI

TARBIYANING TURLARI.

1.Aqliy tarbiyaning mazmun-mohiyati va komponentlari. Aqliy tarbiya ta’lim oluvchining intellekti, bilish imkoniyatlarini, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan. Uning asosiy vazifasi – ta’lim oluvchilarning fan asoslari bo’yicha bilimlar tizimi bilan qurollantirish. Ularni o’zlashtirish natijasida dunyoqarash asoslari shakllanishi zarur.
2.Fuqarolik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari. Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo’lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiyasining markaziy obekti fuqaro sanaladi. Fuqaro fuqaroligi huquqiy jihatdan etirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo’lgan shaxsdir. Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy meyorlarga ongli rioya etish, ma’lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga ma’sullik bilan yondashuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, manaviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
3. Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida shaxsda vatanparvarlik (lotincha «patriotes» vatandosh, «patris» vatan, yurt) tuyg’usini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Binobarin, fuqaro muayyan davlatning azosi sifatida uning sha’ni, obro-e’tiborini ta’minlashi, uning manfaatlari uchun kurasha olishi zarur. «Vatan atamasi aslida arabcha so’z bolib, ona yurt ma’nosini bildiradi, Vatan tushunchasi keng va tor ma’noda qo’llaniladi. Bir xalq vakillari jumuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma’nodagi tushunchadir. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma’nodagi tushunchadir». Vatanparvarlik shaxsning o’zi mansub bo’lgan millat, tug’ilib o’sgan vatani tarixidan g’ururlanishi, buguni tog’risida qayg’urishi hamda uning porloq istiqboliga bolgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat sanaladi. Baynalminallik («inter» orasida, ortasida, aro, «natio» xalq) ozga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlardan biridir.
4.Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya jarayoning muhim bosqichidir.
5.Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari. Mehnat tarbiyasining maqsadi o’quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir.
6. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Jismoniy tarbiya deganda organizmning morfologik va funksional rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasiga taalluqli maxsus bilimlarni o’zlashtirib olish tushuniladi. Jismoniy tarbiya - tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid faoliyatlarini maqsadga yo’naltirilgan, aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish tizimi.
7.Estetik tarbiya va uning vazifalari va vositalari - tarbiyalanuvchilarda estetik his-tuyg’u, estetik ong va munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli. Estetik tarbiya - bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bolgan inson shaxsini shakllantirish jarayoni. Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik orzuga mos keladigan voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir bolgan inson shaxsini shakllantirishga mo’ljallangan tarbiya sohasidir.Estetik tarbiyaning maqsadi: tarbiyalanuvchilarda shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo’lgan axloqiy-estetik, insonparvarlik ideallarini, go’zallikni ko’ra olish, his qilish, tushunish va yaratish ko’nikmalarini shakllantirish.


  1. Yüklə 46,87 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin