1 bilet tarix


Jevachi (jeva — qurol-aslaha) — qurol-aslahaxona boshlig’i.    18-



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/31
tarix17.05.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#58307
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
9-sinf-tarix (1)

Jevachi (jeva — qurol-aslaha) — qurol-aslahaxona boshlig’i. 

 

18- 



BILET

 

1. Sparta shahar-davlati haqida ma‟lumot bering. 

Milloddan  avvalgi  XII  asrda  Janubiy  Yunoniston  (Lakonika)  hududiga  doriylar 

qabilasi  bostirib  kirdi.  Ular  mahalliy  qabilalarni  bo‘ysundirib,  Sparta  davlatiga 

asos  soldilar.  Sparta  engyirik  Yunon  davlatlaridan  biriga  aylandi.  Spartaliklar 

qulga  aylantirilga  mahalliy  aholi  –  ilotlarham  aslida  yunonlar  bo‘lib,  ular  bilan 

bir  tilda  so‘zlashgan.  Mil.  avv.  VIII  -  VII  asrlarda  qullarsoni  uncha  ko‘p 

bo‘lmagan  Afinadan  farqli  o‘laroq  Spartada  qullarga  aylantirilgan 

aholiko‘pchilikni  tashkil  etar,  ular  ham  spartaliklardan  qattiq  nafratlanar  edi. 

Chet  elliklar  Spartagakiritilmagan.  Savdo-sotiq  sust  rivojlangan,  san‘at  asarlari, 

chiroyli  ibodatxonalar  hambo‘lmagan.  Hamma  uylar  bir  biriga  o‘xshatib 

qurilgan. Spartada haykaltaroshlar ham, rassomlarham, olimlar ham bo‘lmagan. 

 

2. Ismoil Somoniy haqida ma‟lumot bering 

Ismoil Somoniy o’rta asrlarning qobiliyatli, serg’ayrat va nihoyatda zukko 

davlat  arbobi  edi.  U  Movarounnahrni  birlashtirib,  mustahkam  davlat  tuzishga 

intildi.  Shimoli  sharqiy  hududlarga  yurish  qiladi.  893-yilda  Taroz  shahrini  zabt 

etib,  dashtliklarga  qaqshatqich  zarba  beradi.Movarounnahr  aholisining 

mustaqillikka  erishishi,  shubhasiz,  Arab  xalifalariga  yoqmas  edi.  Shu  boisdan 

xalifalik  safforiylar  bilan  somoniylarni  to’qnashtirishga  va  ularning  har  ikkisini 

ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o’z ta‘sirini qayta tiklashga harakat qiladi. 

Xalifa Mu‘tazid  (892–902)safforiylar hukmdori  Amr ibn  Laysga Xuroson  bilan 




 

 

birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon 



chiqaradi  va  uni  Ismoilga  qarshi  gij-gijlaydi.Natijada  900-yilda  ular  o’rtasida 

urush  boshlanadi.  Urush  Ismoilning  g’alabasi  bilan  tugaydi.  Butun  Xuroson 

somoniylar qo’l ostiga o’tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig’ini 

yuborishga  majbur  bo’ladi.  Ismoil  Somoniy  butun  Movarounnahr  va Xurosonni 

o’z qo’l ostida birlashtirdi. Buxoro shahri bu ikki davlatning poytaxtiga aylandi. 

 

3. “Gildiya” atamasiga izoh bering. 

Lotin so'zidan kelib chiqqan atama gremĭum.Shuningdek, siz bir xil ijtimoiy 

mavqega ega bo'lgan yoki umumiy xususiyatlarga ega bo'lgan boshqa odamlar 

guruhiga murojaat qilishingiz mumkin. 

Bir turdagi kabi uyushma , gildiya O'rta asrlarda Evropa shaharlarida savdo-sotiq 

bilan shug'ullanadigan hunarmandlarni birlashtirish uchun paydo bo'lgan. 

Birlashish orqali hunarmandlar faollikni oshirishi, talabni tashkil qilishi va 

barcha sheriklar uchun ishlashni kafolatlashi mumkin edi. Boshqa tomondan, 

ular o'z ishlarini o'qitishga bag'ishlangan edilar. Ushbu muammolar gildiyani 

boshlang'ich nuqtasi sifatida ko'rib chiqishga majbur qiladi zamonaviy kasaba 

uyushmalari , ierarxiyasiz bo'lsa ham. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin