Ekspluatatsiya (fransuzcha) — mulkdorlarning boshqalar mehnati mahsulini
o’z-lashtirib olishi.
15-
BILET
1. Shosh haqida ma‟lumot bering.
Shosh (Choch, Binkat) tarixiy viloyatining markaziy shaqri (9 — 12-
asrlar). Harobasi hozirgi Toshkentiiit eski shahar qismidagi binolar ostida
saqlangan. 10-asr tarixiy maʼdumotlariga koʻra, B.ning uzunligi ham, kengligi
ham 1 farsaxdan boʻlib, koʻhandiz (ark), shahriston (madina), ichki (rabodi
doxil) va tashqi (rabodi xorij) rabodlardan tashkil topgan. Arkning mudofaa
devori, 2 darvozasi boʻlib, ulardan biri shahristonga, ikkinchisi ichki rabodga
olib chiqqan. Arkda oʻrda, zindon va jome masjidi joylashgan. Shahristonning
ham alohida devori va 3 darvozasi boʻlgan. Bu yerda hunarmandlar ustaxonalari
va savdo doʻkonlari joylashgan. Ichki rabodning ayrim maʼlumotlarga koʻra 8 ta,
yana boshqa maʼlumotlarga qaraganda, 10 ta darvozasi boʻlib, unda asosan
bozorlar joylashgan. Tashqi rabodda 7 ta darvoza boʻlib, paxsa, guvala va xom
gʻishtdan qurilgan uy-joylar joylashgan. B. obodonligi va bahavoligi bilan
sharkda shuxrat qozongan. Shahardan koʻplab suv tarmoklari oʻtgan,
koʻchalariga tosh yotqizilgan. Tashqi rabodda bogʻ va tokzorlar koʻp boʻlgan.
2. Chingizxonning harbiy yurishlari haqida fikr bildiring.
Mo’g’ul qabilalari orasidagi o’zaro urushlarda, XIII asrning boshlarida
Temuchin(1155-1227) g‘olib chiqadi. 1206-yilda Onon daryosi bo‘yidagi
qurultoyda u ulug‘ xon debe‘lon qilinadi. Bosh shomon butun xalq oldida
Temuchinga Chingizxon unvonini beradi.Chingizxon so‘zi ―kuchli‖, ―qudratli‖,
―toza‖ ma‘nolarini bildiradi. Mamlakatni
markazlashtirish maqsadida Chiungizxon Qoraqurum qal‘asini o‘z davlatining
poytaxtigaaylantiradi. Chingizxon tez orada janubiy Sibirda yashagan ko‘pgina
xalqlarni bo‘ysundiradi.Ular qatorida buryatlar, yoqutlar, qirg‘izlar va boshqalar
bor edi. Chiungizxon 1211-yildaShimoliy Xitoyga qarshi urush boshlaydi.
Mamlakatni batammom istilo qilinishi ining vorislaridavrida tugaydi. Yettisuv va
Sharqiy Turkistonga qarshi 1218-yili boshlangan bosqinlar,xorazmshohlar
davlatiga
1219-1221-yillarda
yoyildi.
Afg‘oniston,
Sharqiy
Eron
egallanib,Kavkaz orqali 1223-yilda Dashti Qipchoqqa chiqadi. Kalka daryosi
bo‘yida qipchoqlarningittifoqchisi sifatida ularga yordamga kelgan ruslar
qo‘shini mag‘lub etiladi. 1224-yildaChingizxon zabt etilgan hududlarni o‘z
o‘g‘illari: Jo‘ji, Chig‘atoy, O‘qtoy va Tuliga uluslargabo‘lib, taqsimlab beradi.
O‘qtoyni taxt vorisi etib tayinlaydi.
3. “Karavella” atamasiga izoh bering.
Karavella - yelkanli kema turi, Evropada, ayniqsa Portugaliya va Ispaniyada,
XV asrning ikkinchi yarmi - XVII asr boshlarida keng tarqalgan. Katta geografik
kashfiyotlar davri boshlangan birinchi va eng mashhur kemalardan biri.
Dostları ilə paylaş: |