19-
BILET
1. Qadimgi Afina va Sparta davlatlarini taqqoslang.
Afina Yunonistonning Attika deb atalgan togʻli joyida vujudga kelgan.
Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, bu joylarda odamlar neolit davridan boshlab
yashagan. Attikaliklar Afina maʼbudiga sajda qilganlar. Attikadagi qishloklar
birlashib Afina shahri vujudga kelgan (miloddan avvalgi 9–8-asrlar). Bu vaqtda
(Gomer davri) harbiy demokratiya susayib, urugʻchilik munosabatlari yemirila
boshlagan edi. Hokimiyatni urugʻ aristokratlari (evpatridlar) boshqarardilar. Mil.
av. 7-asrda Ada evpatridlar siquvi kuchayib dehqonlar ahvoli ogʻirlashgan edi.
Mil. av. 594 yilda savdogarlar aristokratiyasidan Solon arxont (hokim) boʻldi. U
Afinada ijtimoiysiyosiy tuzumni tubdan oʻzgartiradigan islohotlar oʻtkazdi.
Qarzlarni bekor qildi, qarz tufayli qul qilib sotishni taqiqladi, urugʻchilik
munosabatlariga uzil-kesil zarba berdi. Siyosiy huquq va lavozimlar kishilarning
mol-mulkiga qarab belgilanadigan boʻldi. Aristokrat naslidan boʻlgan Pisistrat
oʻz tarafdorlari va yollanma askarlariga tayanib, miloddan avvalgi 560 yilda
oʻzini Attika dehqonlarining dohiysi deb eʼlon qildi va Afinaning mustabid
hokimi boʻlib oldi. Pisistrat oʻziga qarshi boʻlgan aristokratlarning yerlarini
tortib olib dehqonlarga ulashib berdi, ularga davlat hisobidan pul qarz berishni
joriy etdi. Pisistrat davrida Afinada savdo munosabatlari rivoj-landi, ibodatxona
va boshqa qasrlar qurildi, suv quvuri oʻtkazildi.
Mil. avv. XII asrda Janubiy Yunonis ton (Lakonika) hududiga d oriylar qabilasi
bostirib kirdi. Ular Sparta shahar-davlatiga asos soldi- lar. Sparta eng yirik
yunon davlatlaridan biriga aylandi. Spartaliklar qulga aylantirgan mahal-
liy aholi – ilotlar ham aslida yunonlar bo’lib, ular bilan bir tilda so’zlashgan.
Ilotlar spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Bunday sharoitda o’z hukmronligini
faqat kuch bilan saqlab qolish mumkin bo’lgan. Shuning uchun ham spartaliklar
o’z davlatlarida alohi- da shart-sharoitlar yaratdilar, jumladan, ham- ma qat‘iy
intizomga amal qilar, yengilganlar
shafqatsiz jazolanardi. Sparta urushga
tayyorgarlik ko’rayotgan bir shaharga o’xshab qolgan. Chet elliklar Spartaga
kiritilmagan. Savdo-sotiq sust rivojlangan, san‘at asarlari, chiroyli ibodatxonalar
ham bo’lmagan. Hamma uylar bir-biriga o’xshatib qurilgan. Ilotlar kichik-
kichik qishloqlarda yashagan- lar. Ular butun boshli davlatning mulki hisob-
lanardilar. Ilotlar alohida spartaliklar oilasi
yeriga ishlov berib, chorvani
boqishgan va boshqa majburiyatlarni bajarishgan. Spar- taliklar esa faqat jangchi
edilar. Ular deh- qonchilik bilan ham, chorvachilik bilan ham
shug’ullanmaganlar. Ilotlardan tashqari Spartada to’la-to’kis
huquqlarga ega
bo’lmagan, shaxsan ozod kishilar – perieklar ham yashagan. Qadimgi Spartada
kuchli va chidamli jangchilar nihoyatda qadrlangan. Bolalar ancha qattiq
sharoitda voyaga yetishgan. Sparta maktablarida bolalarni harbiy ishlarga
o’rgatib bo’lajak jangchilar va Spartaning so- diq himoyachilari etib
tarbiyalashardi. Spar- talik o’smirlar ota-onalaridan alohida yasha
ganlar.
Yigirma yoshga to’lgan hamma yigitlar jangchi qo’shinlariga qabul qilinib,
qo’shinda keksa yoshga qadar xizmat qilganlar.
2. Mahmud G’aznaviy haqida ma‟lumot bering.
Mahmud G’aznaviy davrida (997–1030) esa uning hududi kengayib, Sharqning
eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Somoniylar sulolasi barham topgach,
Mahmud G’aznaviy Xuroson hududlarini, so’ng Xorazm davlatini (1017) ham
o’z saltanatiga qo’shib olgan.
3. “Dukchi” atamasiga izoh bering.
Dostları ilə paylaş: |