1 bilet tarix



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/31
tarix17.05.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#58307
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
9-sinf-tarix (1)

Dukchi  (forscha  yig,  duk)  —  charxning  yigirilayotgan  ip  o’ralibboriladigan 

qismi. Duk yasovchi hunarmand dukchi deyilgan. 

 

 

20- 



BILET

 

1. Qadimgi Xorazm va Kushon podsholigini o’zaro taqqoslang. 

Mil.  avv. IV  asrda  Xorazm  Ahamoniylar davlatidan ajralib chiqib, mustaqil 

davlatga aylandi. Makedoniyalik Aleksandr va salavkiylar hukm ronligi davrida 

ham Xorazm davlati mus- taqil edi. Bu o’lka aholisi xo’jaligining asosini 

dehqonchilik tashkil etgan. Xorazmda shaharsozlikning boshlanishi miloddan 

avvalgi VII asrga borib taqaladi (Ko’zaliqir shahri xarobalari). Bu yerda ma- 

halliy hukmdorning qarorgohi bo’lgan ulkan qal‘a bunyod etilgan edi (Qal‘aliqir 

shahri  xarobalari).  Miloddan  avvalgi  III–II  asrlarda  Jonbosqal‘a  Xorazmning 

qadimgi shahri bo’lgan. Qo’y- qirilganqal‘a xarobalaridan aylana shaklda 

qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari  t opilgan. 

Milodiy  II–III  asrlarda  Tuproqqal‘a  shah-  rida  bundan  ham  ulug’vor  va 

muhtasham  qurilish  ishlari  amalga  oshirilgan  edi.  Shahar  qudratli  mudofaa 

devorlari bilan o’ralib, devor  burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan 

o’tgan ko’cha shaharni ikki qismga bo’lgan,  undan esa, yon-atrofga ko’chalar 

ketgan,  mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy  maydonda muhtasham 

saroy va ibodatxona- lar joylashgan. Qasrdagi saroy devorlari shohlar, lashkar- 

lar, sozandalar, shuningdek, hayvonlar va qushlar tasviri bilan bezatilgan. 20 dan 

or-  tiq  bo’yalgan  loy  haykallar  zallardan  biridagi  tokchalarda  devor  bo’ylab 




 

 

o’rnatilgan. Xorazmda ayniqsa hunarmandchilik yuk- sak darajada rivoj topgan. 



Kulolchilik,  temir,   mis  asboblar,  qurollar,  zargarlik  buyum-  lariga  talab  katta 

bo’lgan.  Xorazm  aholisi 

So’g’diyona,  Marg’iyona,    Baqtriya  va  dasht 

ko’chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o’rnatgan. Bu o’lkadan 

muhim  karvon yo’llari o’tgan. Mil. avv. I asrda va  milodiy dastlabki asrlarda 

Xorazmda ku- mush va mis tangalar zarb qilingan. O’rta Osiyodagi eng qadimgi 

yo- zuv Xorazm hududidan topilgan. Bular Oybo’yirqal‘a (miloddan avvalgi V– 

IV  asrlar)   yodgorligidan  xum  sirtiga  bitilgan  yozuv  va  Qo’yqirilganqal‘adan 

topilgan ayrim mahal- liy yozuvlardir (miloddan avvalgi III–II asrlar). Milodiy I 

asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan xorazmliklar VIII asrga 

qadar foydalanishgan. 

Mil. avv. 140 –130-yil- lar oralig’ida ko’ch- manchi yuechji qabi- lalari Yunon- 

Baqtriya  davlatini  bosib  oladilar.  Yuechjilar  Baqtriya  yerlariga  kelib 

o’rnashadilar  va milodiy I asrda Guyshuan (Kushon) xo- 

nadonining boshlig’i barcha yuechji mulklarini o’z hokimiyati  ostida birlashtirib, 

Kushon  dav-  latiga  asos  soladi  Birlashgan  yuechji  qabilalarining  birinchi 

hukmdori  Kudzula  Kadf  i  z  bo’lgan.  Kudzula  Kadf  i  z  hukmronligi  davrida 

Afg’oniston  va  Kashmir  Kushon  davlatiga  qo’shib  olingan.  Uning  vorisi Vima 

Kadfi z hukmronligi davrida Kushon davlati hududi yanada ken- 

gaydi.  Podsho  Kanishka  hukmronligi  zamo-  nida  poytaxt  Baqtriyadan  Peshovar 

(hozirgi  Pokiston)ga  ko’chiriladi,  Kushon  podsholigi  esa  ulkan  davlatga 

aylanadi.  Uning  hududiga  Hindiston,  Xo’tan,  Af-  g’oniston  va  O’zbekistonning 

janubigacha  bo’lgan  yerlar  kirgan.  Rim,  Parf  i  ya,  Xitoy  davlatlari  qatorida 

Kushon davlati ham ulkan  podsholiklardan biriga aylangan. To’xtovsiz 

urushlar oqibatida Kushon davlati inqirozga  yuz tutdi va parchalanib ketdi. 

2. Yustinian I haqida ma‟lumot bering. 

Yustinian I davrida Konstantinopolda barpo etilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasini 

hech  shubhasiz  ilk  o’rta  asrlaming  eng  mahobatli  me‘morchilik  inshooti  deb 

atash  mumkin.  Uning  ulkan  gumbazi  (diametri  31,5  m)  bo’lib.  40  ta  deraza 

gulchambari bilan qurshalgan. Osmon gumbazi kabi ushbu gumbaz goho havoda 

muallaq turgandek tuvuladi. Turli xil toshlar va ovna parchalaridan yasalgan juda 

ajoyib mozaikalar ibodatxona devorlarini bezagan. 

 

3. “Delegat” atamasiga izoh bering. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin