1 bilet tarix



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/31
tarix17.05.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#58307
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
9-sinf-tarix (1)

23- 

BILET

 

1. Maurya davlati haqida ma‟lumot bering. 

Yunon-makedon  qo’shinlariga  qarshikurashga  mashhur  hind  sarkardasi 

Chandragupta sardorlik qiladi. Chandragupta Shimoliy Hindistondagi barcha 



 

 

davlatlarni  o’ztarkibiga  olgan  Maurya  davlatiga  asos  solgan.Pataliputra  shahri 



esa  Maurya  davlatipoytaxtiga  aylandi.  Mil.  avv.  III  asrda  podsho  Ashoka 

hukmronligi davrida Maurya rivojlanishda yuksak taraqqiyotga erishdi. 

 

2. Boburiylar sulolasidan bo’lgan Shoh Jahonning Hindiston tarixidagi tutgan 

o’rni haqida fikr bildiring. 

ShohJahon  (1592.5.1,  Lohur  1666.22.1,  Agra)  —  Boburiylar  saltanati 

hukmdori  (1627—58),  Jahongirshohning  3-oʻgʻli.  Asl  ismi  Xurram.  1616  yil 

Dekan (toʻgʻrirogʻi — Dakan)dagi gʻalabasidan soʻng Sh.J.nomini olgan. 1622— 

25  yillar  otasi  Jahongirshohga  qarshi  urushib,  yengilgan.  1627  yilda  taxt  uchun 

kurashlarda gʻolib boʻlib, "Abul Muzaffar Shahobiddin Muhammad Sohibqironi 

Soniy" taxallusini olgan. Taxtga oʻtirgan zahoti bir qancha isyonlarni bostirishga 

majbur  boʻlgan.  Sh.J.  poytaxtni  Agradan  Dehliga  koʻchirgan.  Bu  davrda 

adabiyot,  sanʼat,  musiqa  va  boshqalar  fanlar  rivoj  topgan.  Sh.J.  bir  qancha 

muhtasham obidalarni bunyod ettirgan — Agrada Tojmahal, Qizil qalʼa, Dehlida 

Jome  masjid,  Lohurda  Shalimar  bogʻi  va  boshqalar  Sh.J.  davrida  Boburiylar 

saltanati  tanazzulga  yuz  tuta  boshlagan.  1630—33  yillarda  Gujarat  va  Dekanda 

qattiq  qurgʻoqchilik  tufayli  ocharchilik  boʻlgan,  xalqning  ahvoli  ogʻirlashgan, 

shuning uchun Sh.J. mazkur oʻlkalardagi yer soligʻini kamaytirgan. Sh.J. davrida 

Yevropa  savdo  kompaniyalarining  Boburiylar  davlatiga  suqilib  kirishi 

kuchaygan, Shu kezlarda uning oʻtillari oʻrtasida taxt uchun kurash avj olgan. Bu 

kurashda  katta  oʻgʻli  Avrangzeb  gʻolib  kelib,  taxtni  egallagan.  Sh.J.  Tojmahal 

maqbarasida xotini Mumtoz Mahal yoniga dafn etilgan. 

 

3. “Kommuna” atamasiga izoh bering. 

Kommuna (frans. commune, lot. communis — umumiy) — 1) oʻrta asrlarda 

Gʻarbiy Yevropada shahar Kommunasi — feodallardan oʻz-oʻzini boshqarish 

huquqlarini olishga erishgan jamoa; 2) hozirgi bir necha xorijiy davlatlarda — 

quyi maʼmuriy hududiy birlikning nomi. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin