Mavhum tafakkur hissiy bilishdan sifat jihatidan farq qiladi. U bevosita aniq bitta narsadan uzoqlashib, bir nechtasiga xos bo’lgan umumiylikning mohiyatini aniqlab beradi, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Masalan, grammatika ayrim so’zlar orqali umumiylikni belgilab beruvchi inson tafakkurining mavhumlovchi ishidir.
Shunday qilib, hissiy bilish bilan mavhum tafakkur bir butun bilish jarayonining sifat jihatdan turlicha bo’lgan va ayni vaqtda bir-biri bilan bog’liq, bo’lgan bosqichlaridir. Mavhum tafakkur hissiy bilishdan kelib chiqadi, jonli bilish esa qonuniyat bilan o’sib, mavhum tafakkurga asos soladi.
Mantiqiy bilish — bilishning rivojlanishidagi sifat jihatidan yangi, yuqori pog’onasidir. Mantiqiy bilishda inson mantiqiy tafakkur yordamida voqelikning rivojlanish qonuniyatlarini bilib oladi. Ob’ektiv reallikni bilish dialektikasida sezgi va idrokning yuzaki obrazlari tasavvur obrazlaridagi abstraktsiya elementlari bilan birlashib mavhum tafakkurga qarab aylanadi. Tafakkur esa, garchand jonli mushohada materiallariga asoslansada, bilish jarayonining sifat jihatidan murakkab bo’lgan yuqori bosqichidir.
Adabiyotlar:
1.Abdulla Sher. Estetika.Darslik. -Toshkent: O’zbekiston, 2016. 2.Abdulla Sher.Axloqshunoslik.Darslik. - Toshkent: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010 3.Основы философии. Учебник. Издание 2-е. /Под редю M.A.Ахмедовой, В.С.Хана. – Т.: Mehnat. 2004. 4. Пулатова Д. Иззетова Е. Философия. - Т.: Шарқшунослик, 2012. 340б. 5.Саифназаров И. и др. Философия. - T.: 2002. 6.Tulenov J., Tulenova G., Tulenov K. Falsafa. Darslik. – T.:Fan texnologiyalar, 2016. 7.Falsafa /М. Axmedovaning taxriri ostida. - Toshkent: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2006. - 496 b. Falsafa. /Q.Nazarovning taxriri ostida. - Т.,2000.
Falsafa. (O’quv qo’llanma) /E.Yusupovning taxriri ostida остида. - T.: Sharq, 1999.-496 b.
10.Husanov B., G’ulomov B. Myomala madaniyati. Darslik. – Т.: Iqtisodmoliya, 2010. 11.Sharipov M., Fayzixujaeva D. Mantiq.. - T.: Universitet, 2007. 12.Shermuxamedova N.A. Falsafa .-T.:Noshir, 2012.