1. Bino va inshootlar haqida tushuncha Bino turlari va ularga qo‘yilgan asosiy talablar



Yüklə 350,38 Kb.
səhifə11/11
tarix17.10.2023
ölçüsü350,38 Kb.
#156595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bino va inshoatlarga salbiy ta\'sir ko\'rsatadigan faktorlarni guruhlarga bo\'lish

Birlashgan (chordoqsiz) tomlar
Birlashgan tomlarda yopma qismi chordoq orayopmasi konstruksiyasi bilan birgalikda bo‘lib, ularda chordoq qismi bo‘lmaydi va chordoq orayopmasining ostki qismi yuqori qavat uchun shift vazifasini o‘taydi.
Ko‘pchilik hollarda birlashgan tomlar temir-beton elementlardan tayyorlanadi. Birlashgan tomlar chordoqli (nishobli) tomlarga nisbatan 10-15% arzonga tushadi, ekspluatatsiya narxi esa 5 barobar kam bo‘ladi.
Birlashgan tomlarning shamollatilmaydigan yoki shamollatiladigan turlari bo‘ladi
Atmosfera suvlarini okizib yuborish uchun bunday tomlar 2 dan 8 gacha olinadi, ayrim hollarda esa tekis tomlar ham ishlatiladi. Tomlarning nishobi asosan 3-5 va 5 qavatli ruberoidlar bilan yopiladi. Suv yig‘iladigan joylardagi tarnov varonkalarini shunday joylashtirish kerakki unda suv yo‘li uzunligi 24 m dan va bitta varonkaga to‘g‘ri keladigan yuza 80 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Bitta tomda kamidan 2 ta varonka bo‘lishi lozim.
Zina va ularning turlari
qavatlararo aloqa zinalar va liftlar yordamida amalga oshiriladi. Shu bilan birga zinalardan avariya sharoitida kishilarni evakuatsiya qilishda ham foydalaniladi.
Zinalar mustahkam, pishiq va odamlar harakati uchun qulay va xavfsiz, xmada yong‘indan muhofazalangan bo‘lishi kerak.
Zinalarni bino planida joylashtirish, ularning soni va o‘lchamlari binoning vazifasiga, katta-kichikligiga va belgilangan vaqtda kishilarni evakuatsiya qilish uchun qulaylik ta’minlashiga qarab aniqlanadi.
Masalan: Turar joy binolarida zinalar soni kamida ikkita bo‘lishi, 10 va undan ortiq qavatli turar joylar har-bir kvartiradan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bog‘lovchi o‘tish yo‘li orqali ikkita zinaga chiqish ta’minlanishi kerak.
Zinalar marshlardan va zina maydonchalaridan iborat bo‘ladi. Marsh konstruksiyasi o‘z navbatida pillapoya va uni ko‘tarib turuvchi balka (kosour) dan iborat bo‘ladi Vazifasiga ko‘ra zinalar asosiy va bosh zina, har doim ishlatuvchi xizmat zinasi, evakuatsiya zinasi yordamchi zina (xizmat paytida foydalaniladigan) va avariya zinalari (tashqi evakuatsiya zinasi, o‘t o‘chiruvchilar zinasi) kabi turlarga bo‘linadi.
qavatlar orasidagi marshlar soniga ko‘ra zinalar bir, ikki, uch va to‘rt marshli turlarga bo‘linadi. Zinalardan kamchilik foydalaniladigan ayrim binolarda vintsimon shakldagi zinalar qo‘llanilishi mumkin.
Zina marshlari nishobi qurilish norma va qoidalari (qMq) bo‘yicha tanlanadi. Masalan, asosiy zinalar uchun 1:21:1,75, yordamchi zinalar uchun 1:1,25 nisbatda belgilanadi. Har bir marshdagi pillapoyalar soni 16 tadan ko‘p va 3 tadan kam bo‘lmasligi kerak.
Zina marshi kengligi avariya holatida kishilarni evakuatsiya qilishni ta’minlashni hisobga olib tanlanadi. Shunga ko‘ra asosiy zinalar marshi kengligi 2 qavatli binolarda kamida 900 mm, uch va undan ko‘p qavatli binolarda esa 1050 mm qabul qilinadi. Zina maydonchalari kengligi marsh kengligidan kattaroq kamida 1200 mm qilib olinadi.
Liftlar
Liftlar 5 va undan yuqori qavatli turar-joy binolarida qo‘llaniladi. Ular 3 xil bo‘ladi. Odamlarni ko‘tarib tushirishga mo‘ljallangan, yuklarni ko‘tarib tushirish uchun (sanoat binolarida), hamda xizmat (meditsina) liftlari.

Bino va inshootlar deformatsiyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar.


Bino va inshootlar deformatsiyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Deformatsiya turlari. Inshootlar deformatsiyasi ularning poydevoriga va inshootning o‘ziga turli xil tabiiy va texnogen faktorlar ta’sir etishi natijasida yuzaga keladi. Asosan inshoot va binolar deformatsiyasi ular poydevoridagi tuproq qatlamining xarakatiga bog‘liq. Bu xarakatlar tik va gorizontal holatda yuzaga kelishi mumkin.
Poydevorlarning tik deformatsiyasi quyidagilarga bo‘linadi:
Cho‘kish-deformatsiyalar, poydevor tagidagi tuproqning tashqi ta’sir va alohida holatlarida tuproqning o‘z og‘irligi ta’sirida zichlanishi natijasida yuzaga keladi va bunda tuproq strukturasi tubdan o‘zgarmaydi;
Siqilish deformatsiyalari, tuproqning zichlanishi natijasida yuzaga keluvchi va tashqi ta’sir sababli tuproq strukturasi tubdan o‘zgarishiga olib keladi masalan, tuproqning namlanishi, muzlagan tuproqning erishi va hokazolar;
Bo‘rtish deformatsiyalari, tuproq qatlamiga turli ximiyaviy moddalar ta’sirida yoki uning namligi, harorati o‘zgarishi natijasida tuproq hajmining o‘zgarishi;
O‘tirish deformatsiyalari, yer osti qazilma boyliklarini qazib olish, gidrogeologik sharoitning o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi.
Poydevor cho‘kishining matematik xarakteristikasi-poydevorning boshlang‘ich va cho‘kish sodir bo‘lgandan keyingi tekisliklari oralig‘idagi tik kesma bilan ifodalanadi.
Agarda bu kesmalar inshoot poydevorining barcha burchaklarida teng bo‘lsa bunday cho‘kish bir tekisda cho‘kish deyiladi, agarda kesmalar teng bo‘lmasa notekis cho‘kish hisoblanadi. SHunday qilib bir tekisda cho‘kish inshootning barcha qismiga bo‘lgan tashqi muhit ta’siri bir xilda bo‘lgan, hamda poydevor tagidagi tog‘ jinslarining bir xilda siqilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bu holat amalda kam uchraydi.
Notekis cho‘kishlar inshoot qismlariga turli xil ta’sir ko‘rsatilishi va tuproqning turlicha siqilishi natijasida yuzaga keladi va bu holat bino va inshootlarni og‘ishiga, egilishi va boshqa xil o‘zgarishlariga olib keladi. Bu o‘zgarishlar sezilarli darajada bo‘lganda bino poydevorlari va devorlarida yorilishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Inshootning o‘z og‘irligi natijasida sodir bo‘ladigan cho‘kishlar tuproq qatlamining siqilib borishi natijasida ma’lum vaqtdan keyin to‘xtaydi.
Bunda odatdagiday, qumli tuproqlarda cho‘kish katta tezlikda xarakatlanadi va tez to‘xtaydi. Loy tuproqli joylarda esa teskari holatda, ya’ni sezilarli bo‘lmagan tezlikda boshlanib, ko‘p yillar davomida tugamaydi.
Bir tomonlama kuch ta’sirida (masalan, suv bosimi) inshootlarning gorizontal siljishi sodir bo‘ladi. Bino va poydevorlarning birgalikdagi siljishi quyidagi parametrlar orqali ifodalanadi:
a) alohida poydevor yoki qurilish blokining to‘liq cho‘kishi S;
b) bino va inshootlar poydevorining o‘rtacha cho‘kishi Sur ;
v) poydevor nuqtalarining notekis cho‘kishi DS;
g) nisbiy notekis cho‘kish ya’ni poydevor ikki nuqtasi orasidagi cho‘kish farqininuqtalar orasidagi masofaga nisbati;
d) poydevor nishabligi i, ya’ni cho‘kish farqi DS ni poydevor eni yoki uzunligiga
Poydevor nishabligi inshootning og‘ishiga (kren) olib keladi.
1. e) inshootning burilish burchagi x;
2. j) inshootning gorizontal siljishi u.
Deformatsiyani kuzatish, inshoot qurilishi boshlangan vaqtdan, to undan foydalanishning birinchi yillarigacha davom ettiriladi. Bunda kuzatish bosqichlari bir oraliqlarda olib borilishiga xarakat qilinadi. Bino va inshootlar poydevorlari va konstruksiyalarining siljishi va cho‘kishini geodezik kuzatish maxsus texnikaviy vazifaga binoan bajariladi. U yerda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1. a) bino va inshootlarning kuzatilishi kerak bo‘lgan qismlari;
2. b) boshlang‘ich reperlar va cho‘kish markalarining joylashishi;
3. v) kuzatish davriyligi;
4. g) talab qilingan aniqligi;
5. d) hisobot hujjatlarining ro‘y
Poydevor va binolar deformatsiyasini kuzatish natijalari, bino va inshootlarning qanchalik mustahkamligini aniqlashga, hamda cho‘kish sodir bo‘lishini oldini olishga imkon beradi.
Deformatsiya sabablari. Yuqorida ko‘rsatilgandek, poydevorlar deformatsiyasi unga tabiiy va texnogen faktorlar ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Tabiiy faktorlarga quyidagilarni keltirish mumkin:
1) tog‘ jinslarining turli xil injener-geologik va gidrogeologik hodisalarga moyilligi;
2) tog‘ jinslarining sovuqda muzlash va muzlangan jinslarning erishi;
3) gidrometrik sharoitning o‘zgarishi, ko‘p yillik harorat, namlik va yer osti suvi sathining
o‘zgarishi.
Texnogen faktorlarga quyidagilar kiritiladi:
1) inshootning o‘z og‘irligi ta’siri;
2) yer osti suvlarining sun’iy ravishda ko‘tarilish va pasayishi sababli tog‘ jinslarining xususiyatini o‘zgartirishi;
3) yer osti ishlari natijasida poydevorning zaiflashishi;
4) binoga qo‘shimcha qavat qurilishi yoki yonidan yangi bino barpo etilishi natijasida, poydevorga bo‘lgan bosim (kuch) o‘zgarishi;
5) turli xil agregatlar ishlashi, transportlar xarakati sababli poydevor tebranishi.
SHular bilan birga inshoot deformatsiyasiga poydevor shakli, o‘lchamlari va mustahkamligi ham ta’sir qiladi. Bino va inshootlar deformatsiyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar.



Yüklə 350,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin