1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə37/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

Skelet mushagi taraqqiyotining ilk bosqichida mezenximal xujayralar - mioblastlar o’zaro tenglashib qo’shilib, uzunroq, ko’p yadroli naychalar-mionaychalarni xosil qiladi. Mionaychalar miofilamentlar xosil qilish maqsadida oqsillar ishlab chiqaradi va mushak to’qimasi ko’ndalang-targ’il tuzilishga ega bo’ladi. Mionaychalar funksional miofilamentlar xosil qilishda davom etadi va yadrolar sarkolemmaga qarama-qarshi joylashadi.


54. Silliq mushak to’qimasi, joylashuvi, tuzilishi, qisqarish mexanizmlari.
Silliq mushak to`qimasi ko`pgina ichki organlar - me’da-ichak yo`li, tanosil organlari, tomirlar devorini shakllanishida qatnashadi. Silliq mushaklar vegetativ nerv sistemasi tomonidan innervatsiya qilinadi va kishi ixtiyoriga bo`ysunmaydi. Silliq mushak to`qimasi hujayra tuzilishiga ega bo`lib, cho`ziq, duksimon va tarmoqlangan bo`ladi. To`qimada bir-biriga yondoshib yotgan hujayralar qatlamlar hosil qiladi.
Ular bir-biriga nisbatan shunday joylashadiki, bir hujayraning markaziy qismiga boshqa hujayraning o`tkir uch qismi yopishadi. Silliq mushak hujayralari sirtdan sarkolemma bilan qoplangan, unda qalinligi taxminan 7,5 nm ga teng plazmatik membrana va tashqi bazal membrana farq qilinadi.
Yonma-yon yotgan hujayralarning plazmatik membranalari ba’zi joylarda juda yaqinlashib tutashish nuqtalarini hosil qiladi. Membranalarning bunday yaqinlashish joylari silliq mushak hujayralarining biridan ikkinchisiga qo`zg`alish o`tishiga xizmat qiladi, degan taxminlar bor. Hujayra sitoplazmasida yadro, umumiy organellalar va miofibrillalar joylashadi.
Miofibrillalar mushak hujayrasining qisqaruvchi apparatini tashkil etishi sababli ular eng muhim ahamiyatga ega. Miofibrillalar skelet mushagiga xos bo`lgan ko`ndalang-targ`illikka ega emas va oddiy mikroskopda bir jinsli ipchalar 'shaklida ko`rinadi. Elsktron mikroskop bilan silliq mushak hujayralari o`rganilganda hujayraning butun uzunligi bo`yicha yotuvchi uzluksiz miofibrillalar aniqlangan emas. Hujayra sitoplazmasida bo`ylama joylashgan submikroskopik protofibrillalar mavjud bo`lib, ular tutamlar hosil qilmaydi. Protofibrillalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi farqlanadi: aktin va miozin . Miozin protofibrillalar diametri 17 nm ga teng bo`lib, yo`g`on protofibrillalardir. Aktin mikrofilamentlar nozik bo`lib qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala filamentlar ham mushak bo`shashgan holatda burchak hosil qilib yoki hujayra bo`yi bo`yicha joylashgan bo`lib mushak qisqarganda o`z joylashishini o`zgartiradi. Silliq mushak hujayralarida ko`ndalang-targ`illik kuzatilmaydi, chunki filamentlar o`zaro tartibli joylashmagan. Ular sarkomerlar hosil qilmaydi, plastinkalar ham topilmagan. Silliq mushak hujayralarida ham tropomiozin, troponin va a-aktinin oqsillari topilgan.
Silliq mushak hujayra sitoplazmasida kaltsiy ionini saqlovchi mayda pufakchalar bo`lib, ular ko`ndalang-targ`il mushakdagi sarkoplazmatik retikulumni eslatadi. Lekin sarkoplazmatik retikulumning o`zi silliq mushakda kuchsiz rivojlangan. Bu pufakchalarga hujayra plazmatik membranasining botishidan hosil bo`lgan tuzilmalar tegib yetadi. Bu tuzilmalar ko`ndalang-targ`il mushakning T-sistemasini eslatadi. Ular impuls tarqalishida va kaltsiy ionining sitoplazmaga chiqishida muhim o`rin tutadi.
Mushak hujayralarining bir-biriga tegib yotgan qismlarida tirqishli tutashish - neksuslar uchrab ular silliq mushak hujayralarining ma’lum guruhlari barobar qisqarishini ta’minlaydi. Bazal membranaga biriktiruvchi to`qima tolalari kirib to`r hosil qiladi. Mushak hujayralarining truppalari yoki muayyan qavatlari biriktiruvchi to`qima qatlamlari bilan o`raladi. Ana shu biriktiruvchi to`qima sarkolemma bilan birga silliq mushak to`qimasining tayanch apparatini hosil qiladi. Silliq mushak to`qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon tomirlar sistemasiga ega, Qon tomirlar to`qima ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib, mushak hujayralari tutamlari orasidagi biriktiruvchi to`qima qatlamlarida kapillyarlar to`rini hosil qiladi.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin