61. Neyrogliya. Klassifikatsiya. Turli gliotsitlarning tuzilishi va vazifalari.
G lial hujayralar neyronlar hayoti va faoliyatida faol ishtirok etib, sut emizuvchi hayvonlarning bosh miyasida neyronlarga nisbatan o’n barobar ko’proq uchraydi. Glial hujayralar embrional nerv plastinkasining boshlang’ich hujayralaridan rivojlanadi. MNSda Gliya hujayralari o’zidan ancha yirik bo’lgan neyronlar tanasi hamda ularning akson va dendritlari atrofida joylashgan bo’ladi. Glial hujayralar biriktiruvchi to’qimani o’rnini bosib, neyronlarga tayanch, mikromuhit yaratuvchi hujayralar sifatida xizmat qiladi. MNSda hujayralararo soxa ko’p miqdorda tolalar tutishi biriktiruvchi to’qimani eslatadi. Lekin aslida bu neyronlar va neyrogliya hujayralarining o’simtalaridan iborat to’r hisoblanadi. Bu tolalar birgalikda neyropil degan ibora bilan ataladi.
62. Mielinli va mielinsiz nerv tolalarining morfofunktsional tavsifi. Mielinning xosil bo’lishi va nerv tolalarining regeneratsiyasi.
Mielinli nerv tolalari uzun ipsimon tuzilishga ega bo’lib, bu tolalar mielinsiz tolalarga qaraganda ancha yo’g’on va ularning diametri 1 -20 mkm gacha etadi. Mielinli nerv tolasida 2 qism: ichki – ancha yo’g’on o’q silindr (akson) ni va tashqi - yupqaroq - neyrolemmotsitlarning yupqa tsitoplazmasini farq qilish mumkin. Pardaning mielinli qismi ma’lum bir masofada (500-600 mkm dan 2-3 mm gacha) uziladi. Bularni Ranve bo’g’iqlari yoki tugun bo’g’iqlari deb atalib, ular qo’shni neyrolemmotsitlar (Shvann xujayralari) chegarasida hosil bo’ladi. Ikkala tugun bo’g’iqlari orasidagi nerv tolasi tugunlararo segmentni tashkil etadi. Bo’g’iqlar orasidagi mielin qavatda oz yoki ko’p miqdorda qiya joylashgan chiziqlar - Shmidt – Lantermann kertiklari bor. Bu kertiklar mielin nerv tolasining rivojlanishi davomida mezakson o’ramlari va neyrolemmotsit sitoplazmasining o’zaro ma’lum bir tartibda joylashishi hisobiga xosil bo’ladi. O’z taraqqiyot davrida bo’lg’usi mielinli nerv tolasining o’q tsilindri, mielinsiz nerv tolasi kabi, Shvann xujayralari tsitoplazmasiga botib kiradi. Neyrolemmotsit xosil qilgan chuqurchaning yon devorlari ancha ko’tarilgan bo’lib, o’q tsilindrni belbog’ kabi o’rab turadi. Asta-sekin neyrolemmotsit chetki uchlari o’zaro yaqinlashadi va birikadi, natijada ikki membranali struktura - mezaksonni xosil qiladi. So’ngra mezakson uzunlashadi va kontsentrik xolatida o’q tsilindr atrofida o’raladi. Natijada neyrolemmotsit sitoplazmasi torayadi va o’q silindr atrofida zich zona - mielin qavati xosil bo’ladi.
Mielinsiz nerv tolalari asosan vegetativ nerv sistemasining nerv stvollarini xosil qiladi. Mielinsiz nerv tolasi neyrolemmotsit bilan o’ralgan o’q tsilindridan iborat. Bunda Shvann xujayrasining qobig’i o’q tsilindrni g’ilof singari o’rab turadi. Neyrolemmotsitlar tsitoplazmasi nozik lenta sifatida ko’rinib, uning ma’lum yerlarida yadrolar joylashgan. Yadro cho’zinchoq yoki tayoqcha shaklda bo’lib, o’q silindrni uzunasi bo’ylab joylashgan. Tashqi tomondan neyrolemmotsit bazal membrana bilan qoplangan. Bir neyrolemmotsit tanasidan bir necha o’q silindr o’tgan bo’lishi mumkin. Bir necha o’q silindrga ega bo’lgan nerv tolasi “kabel tipidagi” tolalar deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |