1. Bir fazali transformatorlar haqida umumiy tushuncha. Tuzilishi va ishlash prinsipi


Mavzu:Transformatorlarning kirish va o`tish izolyatorlaring tekshirish



Yüklə 10,93 Kb.
səhifə2/3
tarix13.12.2023
ölçüsü10,93 Kb.
#176347
1   2   3
1. Bir fazali transformatorlar haqida umumiy tushuncha. Tuzilish-fayllar.org

Mavzu:Transformatorlarning kirish va o`tish izolyatorlaring tekshirish
Reja:


  1. Transformatorlarning kirish va o`tish izolyatorlaring tekshirish


  2. Transformatorning birlamchi chulg‘amiga berilgan sinusoidal kuchlanish

Transformator turlarining ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularda bo‘ladigan elektromagnit jarayonlar umumiy o‘xshashlikka ega bo‘lib, ularning ishlash prinsipi bir xildir. 1 - rasmda bir fazali ikki chulg‘amli transformatorning sxemasi va shartli belgilanishi ko‘rsatilgan. Transformator po‘lat o‘zak (magnit o‘tkazgich) 1 dan va ikkita mis chulg‘amlar 2 dan iborat. Po‘lat o‘zakning induksion toklar hisobiga qizib ketishini kamaytirish maqsadida u qalinligi 0,35‚0,5 mm bo‘lgan elektrotexnika po‘lat plastinalardan yig‘iladi. Plastinalarning ikki tomoniga izolyatsion lok surtiladi yoki ular tegishlicha qizdiriladi .2 - rasm. Po‘lat o‘zak plastinalarni yig‘ish tartibi 3-a) va b) rasmlarda ko‘rsatilgan. Qatlam plastinalarining choklari ustma-ust tushmasligi kerak. Po‘lat o‘zak magnit zanjirini hosil qilish uchun xizmat qiladi va shu tufayli assosiy magnit oqimi Ф po‘lat o‘zak bo‘ylab harakatlanadi. Po‘lat o‘zakning miss chulg‘amlar o‘ralgan qismi sterjen deyiladi. Shuning uchun birlamchi chulg‘amga (zanjirga) oid kattaliklar 1 indeksiga ega, masalan, birlamchi chulg‘amning o‘ramlar soni w1 qismlaridagi kuchlanish zanjirdagi tok i va h.k. shuningdek, ikkilamchi chulg‘amga oid kattaliklar 2 indeksiga ega, masalan, w2, u2, i2 va h.k.


2-rasm. 3-rasm.


Transformatorning birlamchi chulg‘amiga berilgan sinusoidal kuchlanish (u1 = Um sinωt) ta’sirida chulg‘amdan o‘zgaruvchan tok oqib o‘tadi. Bu tok transformatorning po‘lat o‘zagida o‘zgaruvchan magnit oqimi (Ф) ni hosil qiladi. Chulg‘amlarning o‘ramlarini kesib o‘tayotgan bu asosiy magnit oqimi birlamchi chulg‘amda o‘zinduksiya, ikkilamchi chulg‘amda esa o‘zaro induksiya hodisasiga binoan tegishlicha e1 va e2 elektr yurituvchi kuchlarni induksiyalaydi. Mazkur EYuK larning ta’sir etuvchi qiymatlari:

E1 = 4,44 · f · w1 · Ф (1.1)


E2 = 4,44 · f · w2 · Ф (1.2)
bu yerda f - o‘zgaruvchan tokning chastotasi, Gs;
w1 w2 - birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning o‘ramlari soni; Ф - asosiy magnit oqimi, Vb.

4-rasm.
Demak, (1.1) va (1.2) ifodalardan ko‘rinadiki, chastota 1 va magnit oqimi Ф o‘zgarmas bo‘lganda chulg‘amlarda induksiyalangan EYuK E1 va E2 lar ularning o‘ramlari soniga prporsional ekan, ya’ni


E1/E2 = W1/ W2 (1.3)

Bu nisbat transformatorning transformatsiya koeffitsienti hisoblanadi, ya’ni

k= E1/E2 = W1/ W2 (1.4)
Mazkur koeffitsient transformatorga berilgan kuchlanishning necha marta o‘zgarishini ko‘rsatadi. Agar W1 > W2 va k>1 bo‘lsa, transformator kuchlanishini pasaytirib beruvchi, agar W1 < W2 va k<1 bo`lsa, kuchlanishni ortirib boruvchi hisoblanadi.


Yüklə 10,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin