Mavzu:Kuch transformatorini ishga qabul qilishdagi texnik xujjatlar
Reja:
Transformatorlardan normal foydalanish maqsadida uning pasportida quyidagi nominal kattaliklar ko‘rsatilgan bo‘ladi
Transformatorlardan normal foydalanish maqsadida uning pasportida quyidagi nominal kattaliklar ko‘rsatilgan bo‘ladi:
1) transformatorning turi;
2) chiqish tomonidagi nominal quvvat Snom, kVA;
3) birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning nominal liniya kuchlanishlari (U1nom va U2nom ) kV;
4) salt ishlagandagi quvvat isrofi (P0 = Pp ) , kVt;
5) mis chulg‘amlardagi, ya’ni qisqa tutashuv paytidagi quvvat isrofi (Pm= Pk) kVt;
6) qisqa tutashuv kuchlanishi (uq ) %
7) yuklama nominal va uning yarmiga teng hamda cosφ2 =1 dagi foydali ish koeffitsienti. Transformator birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarining nominal toklari esa uning nominal kattaliklaridan hisoblab topiladi. Bir fazali transformatorlarda
Transformatorlarni ishlatish jarayonida ko‘pgina vaqt ularning birlamchi chulg‘ami manbaga ulanib, ikkilamchi uchlari bo‘sh qoladi. Bunday rеjim transformatorning salt (yuklamasiz) ishlash rejimi dеyiladi. Salt ishlash rejimida U1 = Unom va I2 = 0 bo‘ladi.
Transformatorning birlamchi chulg‘amiga bеrilgan sinusoidal kuchlanish U1 ta’sirida chulg‘amdan salt ishlash toki I0 w1 oqib o‘tadi. Bu tokning magnitlovchi kuchi I0 w1 po‘lat o‘zak bo‘ylab tutashuvchi asosiy magnit oqimi Ф = Фmsinωt ni va qisman havo hamda po‘lat o‘zak orqali tutashib tarqalgan magnit oqimi Ф1S ni hosil qiladi. Bu o‘zgaruvchan magnit oqimlari o‘zining chulg‘amlarda induksiyalangan EYuK lari bilan quyidagi bog‘lanishga ega:
Xulosa qilib aytganda transformatorning manbadan (tarmoqdan) olayotgan birlamchi quvvati P1 = U1 · I1 · cosφ1 bo‘lsa, uning iste’molchiga berayotgan ikkilamchi quvvati P2 = U2 · I2 · cosφ2 Agar transformatordagi quvvat isrofi hisobga olinmasa, bo‘ladi. Birlamchi va ikkilamchi zanjirlardagi faza siljish burchaklarini taxminan bir xil desak, U1 · I1 = U2 · I2 deyish mumkin. Agar kuchlanishlar bir-birlari bilan xuddi EYuK lar kabi nisbatda bo‘ladi desak, transformatsiya koeffitsientini quyidagicha qayta yozish mumkin:
Demak, transformator chulg‘amlaridagi toklar kuchlanishlarga teskari proporsional.
Foydalanilgan adabiyotlar:
https://fayllar.org web-sahifasi
https://uz.delachieve.com/ web-sahifasi
https://uz.wikipedia.org/ web-sahifasi
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |