Tashqi xissiyotlarni tarbiyalash orqali to’liq shakllanmagan barcha ruhiy jarayonlarni rivojlantirish kerak
Mashg’ulotda tarbiyachining bolalarga qo’yadigan talabi ularning yoshi va imkoniyatlariga mos bo’lishi kerak. Birinchi kichik guruh bolalarini ikkiga bo’lib mashg’ulot o’tiladi. Tarbiyachi birinchi guruh bolalari bilan mashg’ulot o’tkazganda ikkinchi guruh bolalariga enaga qarab turadi. Tarbiyachi mashg’ulot paytida hamma bolalarning faol qatnashishlariga harakat qiladi: savolga to’g’ri javob berishlarini, tayyorlanishi kerak bo’lgan jihozlar, bolalar bilan olib boriladigan dastlabki ishlar (agar bunga zarurat bo’lsa), mashg’ulotning borishi va tarbiyachi foydalanadigan metodik usullar ko’rsatiladi. Mashg’ulot jarayonini bayon etib yozishda mashg’ulotning boshi va oxirida (yakun chiqarish va keyingi faoliyat turiga o’tishda) bolalarni uyushtirishni alohida ajratib ko’rsatish kerak.
Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bolish.
Mashg’ulotlarda tarbiyachining etakchilik roli va uni o’tkazishga tayyorgarligi. Tarbiyachi MTMda asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g’oyaviy-tarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bilish darajasi tarbiyachining g’oyaviy-siyosiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga, pedagogik mahoratiga va ishga bo’lgan ijodiy munosabatiga bog’liq. Bolaning o’quv faoliyatiga bo’lgan munosabati ko’proq uning tarbiyachi shaxsiga munosabati bilan belgilanadi.
Nutq apparatlari orqali tilni rivojlantirish soz boylikni oshirish.
Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson bo’lishiga yordam beradigan sifatlarini va imkoniyatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha tarbiya yoshi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta`siri juda katta bo’ladi. CHunki bu davrdagi har bir ta`surot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
Bolani tushuna bilish va uning ma`naviy dunyosiga kira olish tarbiyachidan zo’r kasb tayyorgarligini talab etadi. Bola bilan jonli munosabatda bo’lish – fikrlar manbai, pedagogik yangiliklar, quvonch va tashvishlardirki, busiz tarbiyachining ijodiy mehnatini tasavvur etib bo’lmaydi.