31
Keyin: “Alhamdulillahil-laziy ahyaanaa ba’damaa
amaatanaa va ilayhin-nushuur”, derdilar
1
.
Ma’nosi: “Bizni oʻldirganidan keyin qayta tiriltirgan
Allohga hamd boʻlsin. Qaytib borish Ungadir”.
Keyin Oli Imron surasining oxirgi oʻn oyatini oʻqirdilar.
Keyin osib qoʻyilgan meshga borib, goʻzal
tarzda tahorat
olardilar. Keyin turib namoz oʻqirdilar
2
.
Kechasi qiyomga turishlari
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam oyoqlari ishib
ketgunicha namozda qoim turardilar. Oisha roziyallohu anho:
“Ey
Allohning rosuli, Alloh sizning oldingi-yu keyingi
gunohlaringizni kechirib qoʻygan boʻlsa ham shunday ish
qilasizmi?” dedi. U zot
: “Shukr qiluvchi banda
boʻlmayinmi?” dedilar
3
.
U zot sollallohu alayhi vasallam kechaning avvalida uxlab,
oxirida turardilar. Oʻn bir rakat namoz oʻqirdilar. Har ikki
rakʻatda salom berib, oxirida bir rakʻat vitr oʻqirdilar.
Keyin ahli oilalarida ehtiyojlari boʻlsa, uni qondirar, keyin
yotoqlariga qaytardilar. Muazzin
bomdodga azon aytganda
sakrab turar, agar lozim boʻlsa gʻusl qilardilar. Junub
boʻlmagan boʻlsalar namozda tahorat qilardilar-da, ikki rakʻat
yengil namoz oʻqirdilar.
1
Buxoriy, 6314. Muslim, 2711.
2
Buxoriy, 183. Muslim, 763.
3
Buxoriy, 1130, 4853. Muslim, 2820.
32
Keyin toki muazzin kelib iqomani xabarini bermagunicha
oʻng taraflari bilan yotardilar. Muazzin xabar qilgach
chiqardilar
1
.
Kechasi namoz oʻqishga tursalar, ikki rakʻat yengil namoz
bilan boshlardilar
2
.
U zot sollallohu alayhi vasallam Ramazonda ham, undan
boshqa vaqtda ham oʻn bir rakʻat
namozga ziyoda qilmas
edilar: toʻrt rakʻat oʻqir edilar. Ularning goʻzalligiyu uzunligi
haqida asti soʻrama. Soʻng yana toʻrt rakʻat oʻqir edilar.
Ularning goʻzalligiyu uzunligi haqida asti soʻra! Keyin esa uch
rakʻat oʻqir edilar
3
.
Vafotlariga bir yil qolguncha ham tungi namozlarini hech
oʻtirib oʻqimasdilar. Undan keyin oʻtirib oʻqiydigan boʻldilar.
Oʻtirgan holda qiroat qilar, qiroatlarining oxirida oʻttiz yoki
qirq oyat qolganda turardilar va qolganini turib oʻqirdilar.
Soʻngra rukuʻ qilar, soʻng sajda qilar edilar. Ikkinchi rak’atda
ham shunday qilardilar
4
.
Biror surani qiroat qilsalar, uni tartil bilan oʻqirdilar.
Hatto undan uzunroq boʻlgan suradan-da uzun boʻlib
ketardi
5
.
1
Buxoriy, 1146, 631. Muslim, 739, 736.
2
Muslim, 767.
3
Buxoriy, 1147. Muslim, 738.
4
Buxoriy, 1118. Muslim, 738.
5
Muslim, 733.
33
Bir kecha qiyomda turib Qurʻondan
bir oyatni takror
qildilar
1
.
Baʻzi kechalari turgan holda uzun namoz oʻqirdilar,
baʻzida oʻtirgan holda uzun namoz oʻqirdilar. Turgan oʻqigan
namozlarida ruku’ni ham turib qilar edilar. Oʻtirib oʻqigan
namozlarida rukuʻni ham oʻtirib qilar edilar
2
.
Ibn Masʻud roziyallohu anhu aytadi: “Bir kecha Nabiy
sollallohu alayhi vasallam bilan birga namoz oʻqidim. U zot
qiyomda turaverganidan bir yomon ish qilgim kelib ketdi”.
Nima qilging kelib ketdi, deyildi. “Nabiy
sollallohu alayhi
vasallamni qoʻyib, oʻzim oʻtirib olgim keldi”, dedi
3
.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam kasallik yoki boshqa
biror sabab bilan tungi namozlarni oʻtkazib yuborsalar,
kunduzi oʻn ikki rakʻat qilib oʻqib qoʻyardilar
4
.
Dostları ilə paylaş: