1 Bismillahir rohmanir rohiym Muqaddima


U zotning ummati qiyomatda boshqalarga guvoh



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/45
tarix29.04.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#104515
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Muhammad mustafo vasfi

U zotning ummati qiyomatda boshqalarga guvoh 
boʻlishi 
Alloh taolo Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallam 
ummatini boshqalardan xos tarzda afzal qilgan jihatlaridan 
yana biri, qiyomatda ular xuddi qozi oldidagi guvoh kabi 
boʻlishlaridir. Alloh taolo bandalari orasida hukm chiqargan 
payt, baʻzi ummatlar ularga daʻvat-risolat yetib kelganini inkor 
qilishadi. Yaʻni, biz bularni bilmagandik, deyishadi. Shunda 
Alloh Nabiyyimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam 
ummatini keltiradi. Ular barcha insonlarga paygʻambarlari 
haqni yetkazganiga guvohlik berishadi. Mana shu xususiyat u 
zot sollallohu alayhi vasallamdan boshqa paygʻambarga 
berilmagan
1

Alloh taolo aytadi:
Shuningdek, sizlarni odamlar 
ustidan guvoh bo`lishingiz va Payg`ambar sizlarning 
ustingizdan guvoh bo`lishi uchun o`rta millat qildik”
2

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Bir 
paygʻambar (qiyomat kuni) ikki kishi bilan birga keladi. Va 
yana bir paygʻambar uch kishi bilan, bundan koʻproq va 
bundan kamrogʻi bilan (kelishadi). Unga: “Qavmingga 
yetkazdingmi?” deyiladi. U: “Ha”, deydi. Shunda qavmi 
chaqiriladi va ularga: “U sizlarga yetkazdimi?” deyiladi. Ular: 
“Yoʻq”, deydilar. Unga: “Senga kim (yetkazganingga) guvohlik 
beradi?” deyiladi. U: “Muhammad va uning ummati”, deydi. 
1
“Munyatus sul fiy tafzilir rosul”, 34. 
2
Baqara surasi, 143-oyat. 


76 
Shunda Muhammad ummati chaqirilib: “Bu yetkazdimi?” 
deyiladi. Ular: “Ha”, deyishadi. “Buni qayerdan bildingiz?” 
deydi. Ular: “Nabiyyimiz bizga rosullar yetkazganligini xabar 
qilgan va biz u zotni tasdiqladik”, deyishadi. Alloh taoloning: 

Shuningdek, sizlarni odamlar ustidan guvoh bo`lishingiz 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin