72
- Paygʻambarlar oʻz qavmigagina joʻnatilardi. Men esa,
barcha insonlarga joʻnatildim”
1
.
U zotning ummati xato, unutish va majbur boʻlib
qilingan ishdan soʻralmasligi
Alloh taolo Nabiy sollallohu alayhi vasallam ummatlarini
xato, unutish va majburan qilingan ishlarda soʻroqqa
tutmasligi bilan xoslagan
2
. Kim biror ishni adashib, esdan
chiqarib yoki majburan qilsa unga gunoh yoʻq.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Albatta
Alloh
ummatimdan xato, unutish va majbur boʻlingan
gunohlarni kechirdi”
3
.
U zotning ummati ommaviy halok qilinmasligi
Alloh taolo Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallam
ummatini ommaviy halok boʻlib ketmasligi bilan xoslab
qoʻydi. Ular qiyomatga qoim boʻlgunicha
yer yuzida
qoladilar
4
.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Albatta
Alloh menga yerni jamlab berdi. Men uning mashriqu
magʻriblarini koʻrdim. Yaqinda ummatimning mulki menga
jamlab berilgan yerlargacha yetib boradi. Va menga qizil va oq
xazinalar
5
berildi. Va men Robbimdan ummatimni ommaviy
ocharchilik bilan halok qilib yubormasligini va musulmon
1
Buxoriy, 335. Muslim, 521.
2
Suyutiy. “Xosoisul kubro”, 2/363.
3
Ibn Moja, 2043.
4
Suyutiy. “Xosoisul kubro”, 2/369.
5
Ya’ni oltin va kumush
73
jamoatining
qonini halol sanaydigan, oʻzlaridan
boshqa bir
dushman ularga bosh boʻlib qolmasligini soʻradim. Robbim
dedi: “Ey Muhammad, agar Men bir hukm qilsam,
u rad
qilinmaydi. Albatta Men senga va ummatingga ommaviy
ocharchilik bilan halok qilmasligimni, musulmon
jamoatining qonini halol sanaydigan, oʻzlaridan boshqa bir
dushman ularga bosh boʻlib qolmasligini (kafolatini)
beraman. Garchi ularga atroflaridagi dushmanlar yigʻilib kelsa
ham – yoki atrofidagilar orasidan dushmanlar yigʻilib kelsa,
dedi – (musulmonlarning) baʻzilari baʻzilarini halok
qilmagunicha va baʻzilari baʻzilarini asir olmagunicha
(dushmanlarni hukmron qilmayman)””
1
.
Dostları ilə paylaş: