1 Bismillahir rohmanir rohiym Muqaddima


albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz.”



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/45
tarix29.04.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#104515
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
Muhammad mustafo vasfi

albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz.”. 
Yaʻni Biz uni turli botil narsalar unga qoʻshilib 
ketishidan, yoki uning biror qismi kamayib, hukmlari, 
hududlari va farzlari yoʻqolib ketishidan saqlaymiz
1

Qiyomat kuni shafoat berilgandir 
Qiyomat kuni hisob boshlanishi uchun shafoatchi 
boʻlishlari ham u zot sollallohu alayhi vasallamning 
xususiyatlaridan sanaladi
2

U zot sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Mendan 
avvalgilarga berilmagan besh narsa menga berildi: 
- Bir oylik masofadan dushmanga qoʻrquv berildi. 
- Yer yuzi poklovchi va masjid qilib berildi. 
Ummatimdan qaysi bir kishiga namoz vaqti yetsa 
(oʻsha yerda) oʻqiyversin. 
- Gʻanima (oʻlja) halol qilindi. Mendan avval hech 
kimga halol boʻlmagandi. 
- Shafoat berildi. 
- Paygʻambarlar oʻz qavmigagina joʻnatilardi. Men esa, 
barcha insonlarga joʻnatildim”
3

"Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga goʻsht keltirildi. U 
zotga qoʻl qismi uzatildi. U zotga shu yoqardi. Goʻshtdan bir 
1
“Tafsiru Tabariy”, 17/68. 
2
Suyutiy. “Xosoisul kubro”, 2/378. 
3
Buxoriy, 335. Muslim, 521. 


63 
tishlam tishladilar. Keyin shunday dedilar: «Men qiyomat kuni 
insonlarning sayyidiman. Bu nimadanligini bilasizlarmi? 
Avvalgi-yu oxirgi insonlar bir sayhonlikda jamlanishadiki, 
jarchi ularga eshittira oladi, koʻz ularni qamrab oladi. Quyosh 
yaqinlashadi. Odamlarga toqatlari yetmaydigan, ular koʻtara 
olmaydigan gʻam-tashvish yetadi.
Odamlar: «Sizlarga nimalar yetganini koirmaysizlarmi?! 
Robbingizning oldida sizlarni kim shafoat qiladi
qaramaysizlarmi?!" deyishadi. Shunda odamlar bir-biriga: 
"Sizlar Odamga borishingiz kerak", deyishadi.
Ular Odam alayhissalomga kelib, unga: "Siz 
bashariyatning otasisiz. Sizni Alloh Oʻz qoʻli bilan yaratgan. 
Sizga ruhidan puflagan. Farishtalarga buyurgan, ular sizga 
sajda qilishgan. Bizni Robbingiz oldida shafoat qiling! Nima 
ahvoldaligimizni koʻrmayapsizmi? Bizlarga nimalar yetganini 
koʻrmayapsizmi?" deyishadi. Odam: "Bugun Robbim shunday 
gʻazablanganki, avval ham bunday gʻazablanmagan, keyin 
ham hargiz bunday gʻazablanmaydi. U meni daraxt(mevasini 
yeyish)dan qaytargan edi. Men Unga osiy boʻldim. Oʻzim 
bilan oʻzimman! Mendan boshqaning oldiga boringlar. 
Nuhning oldiga boringlar-chi", deydi.
Ular Nuhning oldiga kelib, "Ey Nuh! Siz yer yuzi ahliga 
yuborilgan birinchi rosulsiz. Alloh sizni “sershukr banda” deb 
atagan. Robbingiz oldida bizni shafoat qiling! Nima 
ahvoldaligimizni koʻrmayapsizmi?» deyishadi. U: "Robbim 


64 
azza va jalla bugun shunday gʻazablanganki, avval ham bunday 
gʻazablanmagan, keyin ham hargiz bunday gʻazablanmaydi. 
Mening (mustajob) duoim bor edi, u bilan qavmimni duoibad 
qilib boʻlganman. Oʻzim bilan oʻzimman! Mendan 
boshqaning oldiga boringlar. Ibrohimning oldiga boringlar-
chi", deydi.
Ular Ibrohimning oldiga borib, "Ey Ibrohim! Siz 
Allohning nabiysi va yer ahlidan (tanlagan) xalilisiz. 
Robbingiz oldida bizni shafoat qiling! Nima ahvoldaligimizni 
koʻrmayapsizmi?" deyishadi. U ularga: "Robbim bugun 
shunday gʻazablanganki, avval ham bunday gʻazablanmagan, 
keyin ham hargiz bunday gʻazablanmaydi. Men uch marta 
yolgʻon gapirib qoʻyganman
1
. Oʻzim bilan oʻzimman! 
Mendan boshqaning oldiga boringlar. Musoning oldiga 
boringlar-chi", deydi.
Ular Musoning oldiga kelib, "Ey Muso! Siz Allohning 
rasulisiz. Allah sizni Oʻz risolati va Kalomi bilan odamlardan 
afzal qilgan. Robbingiz oldida bizni shafoat qiling! Nima 
ahvoldaligimizni koʻrmayapsizmi?" deyishadi. U: "Robbim 
bugun shunday gʻazablanganki, awal ham bunday 
gʻazablanmagan, keyin ham hargiz bunday gʻazablanmaydi. 
Men bir jonni oʻldirganman. Uni oʻldirishga buyurilmagan 
edim. Oʻzim bilan oʻzimman! Mendan boshqaning oldiga 
boringlar. lysoning oldiga boringlar-chi", deydi.
1
Ya’ni odamlar nazdida yolg’on hisoblanadigan narsa. Aslida esa ular yolg’on emasdi. 


65 
Ular lysoning oldiga kelib, "Ey lyso! Siz Allohning 
rosulisiz, Maryamga ilqo qilgan kalimasisiz, Oʻzidan bir 
ruhsiz! 
Beshikda 
chaqaloqligingizdayoq 
odamlarga 
gapirgansiz. Bizni shafoat qiling! Nima ahvoldaligimizni 
koʻrmayapsizmi?" deyishadi. lyso: "Robbim bugun shunday 
gʻazablanganki, awal ham bunday gʻazablanmagan, keyin ham 
hargiz bunday gʻazablanmaydi - biror gunohni zikr qilmadilar. 
- Oʻzim bilan oʻzimman! Mendan boshqaning oldiga 
boringlar. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oldiga 
boringlar-chi", deydi.
Ular Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oldiga 
kelib, "Ey Muhammad! Siz Allohning Rosulisiz, nabiylarning 
xotimisiz. Alloh sizning oldingi va keyingi gunohlaringizni 
magʻfirat qilib qoʻygan. Robbingiz oldida bizni shafoat qiling! 
Nima ahvoldaligimizni koʻrmayapsizmi?" deyishadi. Shunda 
men yurib, Arshning ostiga boraman. Robbim azza va jallaga 
sajda qilgan holda yiqilaman. Keyin Alloh Oʻz shaʻnidagi 
mendan oldin hech kimga ilhom qilmagan maqtovlar va 
goʻzal sanolarni menga ilhom qiladi. Shunda: "Ey 
Muhammad! Boshingni koʻtar. Soʻra, senga ato etiladi. Shafoat 
qil, shafoating qabul qilinadi", deyiladi. Men boshimni 
koʻtarib, "Ummatim, ey Robbim! Ummatim, ey Robbim! 
Ummatim, ey Robbim!" deyman. Shunda: "Ey Muhammad! 
Ummatlaringdan boʻynida hisob-kitobi boʻlmaganlarini 
jannat darvozalarining oʻng darvozasidan kiritgin!" deyiladi. 


66 
Holbuki, ular jannatning boshqa darvozalarida ham 
odamlarga sherikdirlar. Soʻngra: "Jonim qoʻlida bolgan Zotga 
qasamki, jannat (darvozasining) ikki tavaqasining orasi Makka 
bilan Himyar yoki Makka bilan Busro orasichadir", dedilar
1
.
Himyar - Yamandagi qadimiy oʻlka. Busro - Shomdagi 
shahar. Makka bilan Himyarning orasi ham, Makka bilan 
Busroning orasi ham taxminan 1200-1300 kilometr keladi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin