1. BOB. Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslarining tizimlari 1.1. Ekologik ekspertiza munosabatlari qatnashchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
O’zbekiston Respublikasining ekologik ekspertiza bo’yicha ekologik normativhuquqiy aktlari tizimi mohiyatiga ko’ra qonunlar majmui tizimi bo’lib, ular respublikada amalga oshirilayotgan atrof muhit muhofazasi sohasida qabul qilingan va tayyorlanayotgan qonunlarga bog’liq holda doimiy ravishda takomillashtirilib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi barcha qonunlar kabi ekologik ekspertiza sohasida huquqiy normalarning asosiy bosh manbaidir. “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni (1992 y) ekologik ekspertizaning maqsadi, ob’ektlarini belgilab bergan. (IV qism, 24-27 moddalar). O’zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to’g’risida”(2000 yil) qonunida ekologik ekspertizaning huquqiy asolari to’la bayon qilingan. Bundan tashqari ekologik ekspertiza uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan tabiat komponentlarini muhofaza qilish bo’yicha qator qonunlar qabul qilindi. Bular qatoriga atmosfera, yer, suv, yer osti boyliklari, o’simlik va hayvonat olami, alohida muhofaza qilinadigan hududlar to’g’risidagi qonun xujjatlari kiradi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ekologik ekspertiza bo’yicha qator qonunlarga asoslangan aktlar qabul qilindi. 1996 yilda “Korxonalar, binolar va inshootlar qurishning loyiha-smeta xujjatlarining tarkibi, ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma” ishga tushirildi. Unda loyihani tayyorlashga qo’yiladigan talablar belgilandi. Ushbu talablarga muvofiq loyihaga “Atrof muhitga ta’sir ko’rsatish to’g’risida bayonot” (ishchi loyihasi tarkibida) taqdim etilishi kerak.
1997 yilda “Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o’tkazish tarkibi to’g’risida”gi rahbariy xujjat ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Bu xujjatda davlat ekologik ekspertizasining printsipi va protseduralari, ekspertizaga taqdim etiladigan xujjatlarga qo’yiladigan umumiy talablar, davlat ekologik ekspertizasi xulosasi strukturasi va mazumnga qo’yiladigan talablar, ob’ektlarni ko’rib chiqishda davlat ekologik ekspertizasi orgonlarining o’zaro bog’lanishi (aloqasi) tartibi, ekologik ekspertizani o’tkazishda tomonlarning vazifalari va javobgarligi belgilangan.
1997 yilda “Davlat ekologik eksspertizasi sifatini baholash mezonlarining ro’yxati” ishlab chiqilib tastiqlandi.
2002 yilda O’zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi “Davlat ekologik ekspertizasi to’g’risida nizom”ni tasdiqladi. Bu xujjat “ ekologik ekspertiza to’g’risida”gi qonunni amalga oshirish maqsadlarida qabul qilingan. Ushbu nizom respublikada davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni tartibga soladi. Unda ekspertiza bilan shug’ullanadigan orgon (Davlat Ekologik ekspertizasi Bosh boshqarmasi va uning viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqolpog’iston Respublikasidagi orgonlar), davlat ekologik ekspertizasining ob’ektlari, ekologik ekspertiza buyurtmachisi, davlat ekologik ekspertiza ekspertining huquqlari va majburiyatlari, davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar va materiallarning ro’yxati, ekspertizani o’tkazish muddatlari belgilangan. Xujjatda davlat ekologik ekspertizasi xulosasini tuzish va uning ob’ektni ro’yobga chiqarish (ijobiy xulosa) yoki ro’yobga chiqarmaslik (salbiy xulosa) to’g’risidagi xulosalariga qo’yiladigan talablar ko’rsatilgan. Nizomda ekologik ekspertiza ob’ektlarini to’rtta kategoriyaga bo’lish (yuqori xavf-xatar, past darajadagi xavf-xatar, maxalliy (lokal) ta’sir ko’rsatadigan) belgilangan.
SHunday qilib ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari murakkab tizimga va xilma-xil shakllarga ega.
Ekologik ekspertizaning sub’ektlari buyurtmachi (vakolatga ega davlat strukturasi), pudratchi (ekspertiza ijrochilarimutaxasislar), istehmolchi (ekspertiza ob’ektikorxona yoki tashkilotning egasi) o’rtasidagi munosabatlar “Ekologik ekspertiza to’g’risida”gi qonunda va boshqa qonun xujjatlarida belgilab berilgan. Ularning huquqlari va majburiyatlari aniq ko’rsatilgan.
Buyurtmachidavlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat orgoni O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hisoblanadi. U qonun xujjatlari talabiga muvofiq davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o’tkazadi; davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit bo’yicha normativ-texnik va yo’riqnoma-uslubiy xujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; davlat ekologik ekspertizasini o’tkazishga ekspert va mutaxassislarni jalb etadi; davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini ololmagan ob’ektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliya operetsiyalarini to’xtatib turish (tugatish) to’g’risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga yuboradi; qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi (“Ekologik ekspertiza to’g’risida” qonunning 12-moddasi).
SHu nuqtai nazardan va qonunda belgilangan ob’ektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o’tkazishning majburiyligini hisobga olib davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachisi (ekspertlar) zarur bo’lgan ma’lumotlar va materiallarni rad etish va boshqa huquqlarga ega. Buyurtmachining (ekspertlarning) majburiyatlari qatoriga davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya etish, belgilangan tartibda xulosa berilishini ta’minlash va boshqalar kiradi. Buyurtmachi (ekspertlar) o’z vazifasini qonunda belgilangan tartibda bajarmasa va ularni buzsa qonun xujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladi.
Pudratchi ekologik ekspertiza topshiriqlarini bajaradigan ayrim mutaxassislar yoki ilmiy tadqiqot institutlari maxsus komissiyalar bo’lishi mumkin. Ular qonun xujjatlarida belgilangan huquqlar, majburiyatlardan foydalanib o’z vazifalarni bajaradilar va qonun talablarini buzganlik va qonunga zid ishlari uchun qonun xujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladi.
Ekologik ekspertiza tizimida istehmolchi sifatida ekspert taxlilining predmeti hisoblangan korxona yoki tashkilotning egalari qatnashadi. Istehmolchining huquqlari qonun xujjatlarida belgilangan bo’lib, ularni ekologik ekspertiza o’tkazish bo’yicha maslahatlar va zarur uslubiy yordam olish, takliflar, mulohazalar, tushuntirishlar va ekologik audit natijalarini taqdim etish, qo’shimcha ekologik ekspertiza o’tkazish to’g’risida iltimos qilish, ekologik ekspertiza o’tkazilishining borishi to’g’risida axborot olish va boshqalar kiradi. Istehmolchining majburiyatlari qatoriga ekologik ekspertiza uchun materiallarni qonun xujjatlari talablariga muvofiq taqdim etish, ekspertiza uchun belgilangan tartibda haq to’lash, davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida ko’rsatilgan talablarni bajarishi shartligi va boshqalar kiradi.
Ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonun xujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. Huquqiy va ekologik-huquqiy javobgarlik qonunchilikda belgilangan talablarni davlat tomonidan bajarishga majbur qilishni bildiradi. Ekologik ekspertiza sohasida aybdorlarning javobgarligi turli shakllarda amalga oshiriladi. Bular qatoriga intizomiy, mahmuriy, moddiy, fuqarolik-huquqiy, jinoiy javobgarlik kiradi.