2.BOB. Korxona faoliyatida internet marketingning o’rni. 2.1. Korxona faoliyatida internet marketing. Internet-marketingning xususiyatlari haqli ravishda quyidagicha shakllantirilishi mumkin:
Birinchidan, talab va taklifni hisobga olgan holda bozorlarda iste’molchilarning hal qiluvchi rolini faollashtirish, korxonalar qisqa vaqt ichida xaridorlar e’tiborini jalb qilish, Internet muhitida raqobatchilar strategiyalarini o`rganish, xaridorlar bilan o`zaro ishlash sifatini yaxshilash.
Ikkinchidan, keng doirada mahalliylashtirishning majburiy yo`qligi, ya’ni ba’zi joylarda geografik jihatdan uzoqroq bo`lish muhim omil bo`lmayapti. Hozirgi vaqtda ma’lum bir hudud yoki mahalliy bozorga murojaat qilmasdan faoliyatni amalga oshirish mumkin. Yetkazib beruvchidan iste’molchiga bo`lgan masofa faqat mutaxassis yoki ekspertning shaxsiy ishtirokini talab qiladigan tovarlarni yetkazib berish yoki xizmatlarni ko`rsatish uchun zarur bo`lganda muhimdir. Shunday qilib, offlayn marketing va tarqatish tizimi alohida tartibga solinadi.
Uchinchidan, globallashuv tezligining oshishi, bu korxonalar faoliyatining o`ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Internet tufayli biznesning fazoviy va vaqtinchalik ko`lami o`zgarmoqda. Foydalanuvchilar va kompaniyalarga hududiy chegaralanmagan global aloqalar uchun imkoniyatlar taqdim etiladi. Tarmoqda mavjud bo`lgan ma’lumotlarga kirishning narxi, uni taqdim etuvchilarning foydalanuvchilar tomonidan qanchalik uzoq bo`lishiga bog`liq emas.
To`rtinchidan, muhim qarorlarni qabul qilish tezligining o`sishi. Manfaatdor tomonlar o`rtasidagi aloqa bosqichlari o`rtasidagi vaqt oralig`ini qisqarishi, aloqa va bitimlar uchun umumiy vaqtni qisqartirishni anglatadi.
Beshinchidan, sherikchilik aloqalari va sheriklar sonining ortib borishi. Ko`pgina korxonalar veb-saytlar sifatida o`zlarining vakolatxonalariga ega, bu esa ularning faoliyati haqida umumiy (yoki aksincha, batafsil - korxonaning aloqa strategiyasiga bog`liq) ma’lumotlarni beradi. Keng axborot makonida biznes tuzilmalari strategik alyanslarga birlashtirilib, sherikning maqsadli auditoriyasi e’tiborini jalb qiladi. Bunga kam aloqa xarajatlari va yuqori funksionallik hamda miqyoslilik imkoniyati bilan erishiladi. Bundan tashqari, korxona va uning bozor sheriklari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishning asosiy jihatlari bilan bog‘liq tranzaksion xarajatlar minimallashtiriladi; bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha xarajatlar kamaytiriladi (xodimlar uchun sayohat xarajatlari, amalga oshirilmagan, noqonuniy yoki adolatsiz bitimlar natijasida yetkazilgan zararlar va hk.)
Oltinchidan, korxonaning mijozlari va ularning talablari to`g`risida to‘liq ma’lumot bilan ta’minlash, o‘zaro munosabatlarni takomillashtirish. Bularning barchasi mijozlarni avtomatlashtirilgan operatsiyalar orqali segmentlashga, shuningdek, ularga shaxsiy ehtiyojlariga mos keladigan mahsulotlar va xizmatlarni taklif qilishga yordam beradi.
Internet-marketingning rivojlanishi bevosita internet tezligi, mobil qurilmalar, ularning ishlash funksiyalari, mobil platformalarni yaratilishiga bog`liqdir. Mamlakatimizda 2017-2019 yillarda internet tezligi, mobil qurilmalar xaridi, mobil platformalarni yaratish ko`lami sezilarli ravishda yuqori o`sish sur’atiga ega bo`ldi. Internet-marketingni mobilizatsiya qilishning asosiy omillaridan biri mobil Internetning yuqori o`sish sur’ati, deyarli bitta 4G tarmog`ining qamrovi potensial xaridorlarning katta qismini uyali aloqa sektoriga o‘tkazdi.Turli xil xarid qilish saytlari uchun mobil platformalarni yaratish zamonaviy biznesning ajralmas qismiga aylnmoqda. Uning mobil qurilmalarga yoki boshqa elektron manbalarga moslashuvi bugungi kunda Internet-marketingning asosiy vazifasiga aylanib bormoqda. Internet-marketing rivojlanishida mobil qurilmalarning ham o‘rni beqiyosdir. Potensial xaridorlarimiz bilan aloqalarni o‘rnatishimizda ularning qaysi mobil qurilmalar orqali korxona tovarlarini xarid qilmoqda, korxona bilan aloqalar o‘rnatmoqda bu ham muhim ahamiyatga egadir. Shundan kelib chiqqan holda, tadqiqotlarimiz davomida mobil qurilmalardan foydalanish holatini o`rganish maqsadida so‘rov o‘tkazildi. O`tkazilgan onlayn so‘rovda shuni ta’kidlash kerakki, 530 ta respondent orasida 276 kishi Internetdan foydalanadigan mobil qurilma sifatida telefonni afzal ko‘rishini aytib o‘tdi (1.2-rasm).
2.1.1-rasm.
Internetdan foydalanishda ishlatiladigan mobil qurilmalarhissasi, %
Mamlakatimizda Internet-marketingni keng qo‘llanilishi o‘z biznesini muvaffaqiyatli amalga oshirishni rejalashtirgan korxona, tashkilot va kompaniyalar uchun ustuvor yo‘nalish bo‘lishi kerak. Jahonda raqamli iqtisodiyotni shakllanishi va elektron bozorning rivojlanishi O‘zbekiston korxona, tashkilot va kompaniyalarida global tendensiyalarni kuzatish va o‘z platformalarida Internet texnologiyalarini qo‘llash imkonini beradi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda Internet-marketingni rivojlantirishning muhim bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarini aniqlashimiz mumkin:
o‘z mahsulotlari va brendlarini reklama qilish uchun video-xosting xizmatlaridan foydalanish;
real bozor, ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan virtual platformalarni yaratish;
mobil tuzilmalarni elektron bozorda qayta taqsimlash;
ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanilgan holda onlayn so‘rovnomalar o‘tkazish, ekspertlar bahosini yo‘lga qo‘yish.
Shunday qilib, yuqorida aytib o‘tilganlarni umumlashtirib, quyidagi xulosalarni chiqarish maqsadga muvofiqdir.
1. Zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari iste’molchilar va korxonalar uchun yangi imkoniyatlar va istiqbollarni ochib berib, ularning harakatchanligi va kompyuterizatsiyasini oshiradi. Ushbu omillar Internet-marketingini rivojlantirish uchun eng muhimdir. Internet-marketingni mahsulot yoki xizmatga e’tiborni jalb qilish, ushbu mahsulotni Internetda ommalashtirish va uni maqsadli auditoriyaga sotish va daromadni oshirish uchun samarali targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan vositalar, texnologiyalar va texnikalar to‘plami sifatida tavsiflash asoslidir.
2. Zamonaviy sharoitda Internet-marketing amaliyotida qo‘llaniladigan vositalar soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Bu reklama biznesining rivojlanishi va Internetdagi reklama tendensiyasining o‘sishi bilan bog‘liq. Internet-marketingning asosiy va samarali vositalari - bu matnli va bannerli reklama, qidiruv tizimi reklamasi (SEO), ijtimoiy tarmoqlarda reklama (SMM) va e-mail marketingi. Taqdim etilgan vositalarning har biri o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga ega, ammo ularning o‘ziga xos xususiyatlari har bir loyiha uchun eng samarali vositalarni tanlashda hisobga olinishi kerak.
3. Korxona, tashkilot va kompaniyalarning marketing kompetensiyasi, uning doirasida shakllangan bilimlarning yig‘indisi, birinchi navbatda kompyuterlashtirish, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, optik tolalar va, albatta, Internet-marketing texnologiyalari kabi yangi texnologiyalarni qo‘llash bilan ortadi. Shuning uchun marketingning strategik va taktik kompetensiyasini ajratish lozim. Marketingning strategik vakolati kompaniyaning makro muhitiga yo‘naltirilgan bo‘lib, sheriklar, iste’molchilar, distribyutorlar va boshqa bozor subektlari bilan uzoq muddatli va kuchli o‘zaro munosabatlarni ta’minlaydi. Taktik marketing kompetensiyasi - bu joriy marketing muammolarini hal qilish uchun kompaniyaning makro va mikro muhitidagi o‘zgarishlarga tezkor va samarali javob berish qobiliyati.
Mamlakatimizda iqtisodiyot va sanoatning yangi bosqichga ko’tarilishi munosabati bilan ushbu sohalarda tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu o’zgarishlarning dalili sifatida kichik beznis va xususiy tadbirkorlikka yaratilayotgan keng imkoniyatlarni keltirishimiz mumkin. Masalan, tadbirkorlikning ayrim turlari uchun soliqlar va kredit tizimining yengillashtirilganligi, tadbirkorlik sohasidagi qonun hujjatlaridagi o’zgartirish va qo’shimchalar, eksport va import bojlarining kamaytirilganligi misol bo’lishi mumkin. O’zbekiston Milliy axborot agentligi ma’lumotlariga ko’ra, 2019-yilning 1-yanvar holatiga ko’ra, mamlakatimizda 339 mingta korxonalar va tashkilotlar ro’yxatdan o’tgan bo’lib, iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha, 22,1 % savdo, 17,5 % sanoat, 6,2 % yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar, 9 % qurilish sohalariga to’g’ri kelgan. Bularning barchasi O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining o’sib borayotgan salohiyatini ifodalaydi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy negizini katta va kichik turdagi ishlab chiqarish korxonalari tashkil etadi. Keskin raqobat sharoitida korxonalarning samarali faoliyat yuritishi va raqobatbardoshligini saqlab qolish maqsadida korxonalar rahbarlari hamda xodimlari so’nggi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridan xabardor bo’lishlari talab etilmoqda. Bunday kommunikatsiyalar qatoriga nisbatan yangi faoliyat bo’lgan internet marketing tushunchasini keltirish mumkin.
Internet marketing bu o’zida an’anaviy marketing elementlarini o’zida mujassamlagan holda internet orqali faoliyat olib borishni anglatadi. Korxonalar faoliyat nuqtai nazaridan internet marketing bu o’z bozori va raqobatbardosh korxonalar faoliyatini o’rganish, iste’molchilarni talabini to’liqroq o’rganish, mahsulot sotish hajmini kengaytirish va potinsial iste’molchilarni jalb qilish hisoblanadi.Hozirda 4.2 milliardga yaqin odamlarning internetdan foydalanishini hisobga olsak, bu bizning biznesimiz rivojlanishi uchun katta imkoniyat demakdir. Korxonalarning marketologlari had doim o'zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini Scottish haqida o'ylashadi va potential iste'molchilarni izlashadi ularning aksariyat qismini internetdan topishlari mumkin bo'lib, dalil sifatida dunyo aholisining 22% i Facebook ijtimoiy tarmog'idan foydalanayotganini ta'kidlashimiz lozim.
Internet orqali o’z faoliyatini olib borishda korxonalar ijtimoiy tarmoqlar orqali o’z mahsuloti reklamasini joylashtirish, mahsulotini 24 soat davomida sotishga erishishi nazarda tutiladi. Iste’molchilar bilan ishlash, sotishga jalb qilingan xodimlar soning kamayishiga olib keladi bu esa savdo tashkilotlari va korxonalarda moliyaviy resurslarning tejalishiga yordam beradi. Hozirda internet orqali muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan firma va korxonalar qatoriga “Artel”, “Goodzone”, “Sony”, “Apple”, kabi ishlab chiqaruvchilar, “woocommerce”, “bigcommerce”, “shopify”, “olx”, “Alibaba”, “Ecwid”, “shopify” kabi tijorat tashkilotlarini kiritishimiz mumkin. Bu korxonalar faoliyat tizimidagi asosiy afzalliklari va yutuqlari sifatida rivojlanish strategiyalarida internet marketingdan foydalanganligi hisoblanadi. Korxonalar internet marketing orqali tovarlarini realizatsiya qilishda qator ustunliklarga egadir: tez o’zgaruvchan bozorni o’rganish, tovarlari assortimenti, narxlari va maxsulot va xizmatlari tavsifini berishi mumkin. Iste’molchilarning u yoki bu taklifga bo’lgan munosabatini tahlil qilishlari osonlashadi. An'anaviy reklamalar orqali axborot almashish bu bir tomonlama axborot almashish bo'lib, bunda asosiy vositalar bo'lib, tilevediniya, bosma nashrlar (gazetalar, reklama qog'ozlari, anketalar) hisoblanadi. Bu usulda biz ularning biz yo'llagan ma'lumotlarga duch kelishi yoki ishlab topishlarini kutishimiz zarur bo'ladi. Shuningdek, hozirda bir qancha biznesni rivojlantirivchi dasturlar va vositalar mavjud. Ammo cbular orasida internet markering doimiy ravishda rivojlanishdaligi bilan ajralib turadi. Bu jarayon asosan tarmoqlarda reklama biznesining xususiyatlari bilan bog’liq. Internet reklamaning turlariga kelsak, SEO –bu kontekstli va bannerli reklama, SMM-ijtimoiy tarmoqlar orqali tovarlar harakatini yuzaga keltiruvchi reklama, email-marketing turlari mavjud.
Respublikamizda ham elektron tijoratga doir qonunlar qabul qilingan bo’lib, bular 2007-yilda qabul qilingan “Elektron tijoratni rivojlantirish” to’g’risidagi, shu yili qabul qilingan “Elektron tijorat tizimini amalda qo’llashda to’lov tizimini takomillashtirish” to’g’risida qarorlar qabul qilingan. Bu qarorlar asosida biznes-iste’molchi (B2C); biznes hamkor bilan aloqalar o’rnatish (B2B), iste’molchilar o’rtasidagi savdo (C2C) kabi tizimlar mavjud.