KIRISH…………………………………………………………………………….3 1.BOB Maktabga psixologik tayyorgarlik muammosi va maktabga motivatsion tayyorgarlikni korreksiyalash.
1.1.Boshlang’ich sinfda psixologik xizmat: asosiy funksiyalar, faoliyat vazifalari va yoʻnalishlari………………………………………………………………………...4
1.2.Maktabgacha tarbiya yoshidan kichik maktab yoshiga o’tishda bola psixik taraqqiyotining tipologiyasi………………………………………………………...7
2.BOB Kichik maktab yoshidagi psixologik Korreksiyaning o’ziga xos xususiyati.
2.1. Bolani maktabga moslashishining o’ziga xos xususiyati…………………….10
2.2. Maktabda o’zlashtirmaslikning psixologik omillari………………………....12
XULOSA…………………………………………………………………………30 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..31
KIRISH Bolalarda maktabga chiqish vaqtida psixologik rivojlanish darajasiga ko’ra o’ziga xos xususiyatlar paydo bo’ladi. Bu xususiyatlar shundan iboratki, bolalar bir-birlaridan intellektual-axloqiy jihatdan farqlanadilar. Ular bir xil ko’rsatma va psixodiagnostik holatga har xil javob berishlari mumkin. Ba’zi maktabga kelayotgan bolalarga kattalar uchun mo’ljallangan psixodiagnostik testlar mos keladi. Ba’zi rivojlanishi past bo’lganlariga bog’cha yoshidagi bolalar uchun mo’ljallangan testlar to’g’ri keladi. Asosan, o’z-o’zini verbal baholash, tashqi muhitni ongli baholash holatidagi testlarda bu aniq bilinadi. SHuning uchun kichik maktab yoshidagi bolalarda u yoki bu psixodiagnostik testni o’tkazishdan avval bolaning real psixologik rivojlanishiga mos keluvchi testni tanlab olish kerak. 6-7 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorgarligiga oid empirik ma’lumotlarga ko’ra, 50%dan 80 %gacha bolalar u yoki bu jihatdan boshlang’ich ta’lim dasturini o’zlashtirishga tayyor emas. Ko’p bolalar maktabga chiqishga tayyor bo’lsalar-da, aqlan 5-6 yosh darajasida rivojlangan bo’ladilar. Agar bunday bolaga uning uchun murakkab va qiziqarsiz psixologik testlar berilsa, bu testlar rivojlangan aql, diqqat-e’tibor va xotira talab qilganligi sababli ular testni bajara olmaydilar.
Bu intellektual qobiliyatning yoʻqligi emas, shaxsiy psixologik rivojlanish yetarli bo’lmaganligi sababli sodir bo’ladi.
Agar vazifani o’yin sifatida qiziqarli qilib berilsa, test natijasi yuqori bo’lishi mumkin. Mazkur holatlar bolalar psixodiagnostikasida amaliy psixologlar tomonidan hisobga olinishi kerak.
3-4 sinf o’quvchilari uchun qiziqarli va kattalarga mo’ljallangan testlar to’g’ri kelishi ham mumkin. Test o’tkazishda faollik, ruhiy qiziqish yuqori bo’lsa, natija ham yuqori bo’ladi. Agar kattalar test vaqtida ongli ravishda irodasini ishga solib o’zini boshqara olsalar, kichik yoshdagi maktab bolalari va xatto o’smirlar ham buni bajara olmaydilar.