1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari


MB ni logik va fizik tasvirlash



Yüklə 326,41 Kb.
səhifə15/80
tarix01.12.2023
ölçüsü326,41 Kb.
#170685
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari-fayllar.org

MB ni logik va fizik tasvirlash. Ma‘lumotlarni tavsiflash va ular orasidagi munosabat aloqalar o‘rnatish 2 xil bo‘ladi:
1 Logik yoki mantiqiy; 2 Fizik;
Fizik tasvirlashda ma‘lumotlar mashinani tashqi xotirasida saqlashi bilan farqlanadi. Mantiqiy tasvirlashda esa amaliy dasturchi yoki foydalanuvchi tomonidan ma‘lumotlarni tasvirlash ko‘rinishi tushuniladi.

Fizik bosqich – fayllarda joylashgan ma‘lumotlarni tashqi axborot saqlovchilarida joylashishini bеlgilaydi.Bu arxitеktura ma‘lumotlar bilan ishlaganda mantiqiy va fizik mustaqillikni ta‘minlab bеradi.Mantiqiy mustaqiliylik bitta ilovani o‘zgartirishni, shu baza bilan ishlaydigan boshqa ilovani o‘zgartirmasdan amalga


oshirishni bildiradi. Fizik mustaqiliylik, saqlanuvchi ma‘lumotlarni bir qattiq diskdan boshqasiga ko‘chirganda uni ishlash qobiliyatini saqlab qolgan holda o‘tkazishni bildiradi.
Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimibu ma‘lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta‘minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir. MB tashkil qilish, ularga qo‘shimcha ma‘lumotlarni kiritish va mavjud MBdan foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan dasturlar zarur bo‘ladi. Bunday dasturlar majmui ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deb yuritiladi. Aniqroq qilib aytganda, MBBT–bu ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan MBni yaratish, o’nga qo‘shimcha ma‘lumotlarni kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo‘lgan dasturlar majmuidir. MBBTning tarkibida asosiy komponenti–bu ma‘lumotlar bo‘lsa, boshqa komponenti– foydalanuvchilar, hardware- texnik va software-dasturiy ta‘minoti hisoblanadi. Hardware tashqi qo‘shimcha xotiradan (disk, magnit lentasi) iborat bo‘lsa, dastur qismi esa MB bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi. MBning tuzilishi o‘rganilayotgan obhektning ma‘lumotlari ko‘rinishi, ma’nosi, tuzilishi va hajmiga bog’liq bo‘ladi. Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo‘linadilar:
        • foydalanuvchi-dastur tuzuvchi,


        • tizimli dastur tuzuvchi,


        • ma‘lumotlar bazasi administratori.


Bunda dastur tuzgan foydalanuvchi MBBT uchun yozgan dasturiga javob beradi, tizimli dastur tuzuvchi esa butun tizimning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. U holda, MB administratori tizimning saqlanish holatiga va ishonchliligiga javob beradi. Insoniyat tomonidan katta miqdordagi bilimning to‘planishi, turli xil axborotlarni saqlash masalasini hal qilishni talab etadi. Bunda, axborotlarni saqlash yagona maqsad hisoblanmaydi, balki u kerakli ma‘lumotlardan kerakli vaqtda foydalana olish, turli xujjatlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Hozirgi kunda bir kancha ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi yaratilgan: REBUS, KARAT, SUBDQ, DBASE, FOXBASE, FOXRRO, ACCESS va boshqalar. Bu tizimlar quyidagi vazifalarni bajaradi:


          • Ma‘lumotlar bazasida joylashgan ma‘lumotlarni ko‘rish


          • Ma‘lumotlar bazasiga yangi yozuvlarni kiritish


          • Ma‘lumotlar bazasining yozuvlarini taxrirlash


          • Ma‘lumotlar bazasidan tegishli hisobotlarni olish


          • Ma‘lumotlar bazasining yozuvlaridan nusxa olish va boshqalar.


Har bir tizim bir-biridan buyruqning bajarilish tezligi va miqdori bilan farqlanadi. Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari bir vaqtning o‘zida to‘qqiz xil turdagi fayllar bilan ish yuritadi. Xotirada saqlanayotgan har bir fayl universal nomga ega bo‘lib, fayl nomi va fayl turidan tashkil topadi. Fayl nomi foydalanuvchi tomonidan kiritilsa, faylning turi foydalanayotgan buyruqqa ko‘ra tizim tomonidan avtomatik ravishda o‘rnatilgan. Ma‘lumotlar bazasi fayllari quyidagi turlarga ega:


            • dbt - ma‘lumotlar bazasining xotira fayli;


            • dbf - ma‘lumotlar bazasining aktiv fayli;


            • ndx - ma‘lumotlar bazasining tartiblashgan fayli;


            • mem - xotira faylining ishchi fayli;


            • rrg - ma‘lumotlar bazasining buyruqli fayli;


            • fmt - ma‘lumotlar bazasining formatlashgan fayli;


            • ebe - ma‘lumotlar bazasining ko‘rsatkichli fayli;


            • frm - ma‘lumotlar bazasining hisobot fayli;


            • txt - ma‘lumotlar bazasining matnli fayli;


Ma‘lumotlar bazasining aktiv fayli foydalanuvchi tomonidan kiritilgan barcha axborotlarni o‘zida saqlaydi. Har bir fayllar bir milliarddan ortiq yozuvni saqlashi mumkin. Bir yozuvda 128 ta ustunni ifodalash mumkin. Ma‘lumotlar bazasi bilan ish yuritishda xotira qismini 15 ta oblastga ajratish mumkin va maxsus buyruqlar yordamida har bir oblastga alohida faylni chaqirib maxsus ishlarni bajarish mumkin. Ya’ni, yangi ma‘lumotlarni kiritish, ortiqcha ma‘lumotlarni o‘chirish, nusxa olish, hisobot ishlarini amalga oshirish va boshqalar. Bundan tashqari, oblastlarga chaqirilgan fayllarni o‘zaro bog’lash, ya’ni biriktirish mumkin. Fayllarni biriktirishda faqat ikkita soha qatnashadi. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini tegishli buyruqlar bilan taxminlanadi. MBBT shunday dastur qobig‘iki, uning yordamida jadvallarni strukturasi, jadvallar orasidagi bog‘lanish, jadvallarni


ma‘lumotlar bilan to‘ldirgandan kеyin, uning yordamida MB yaratiladigan programma vositasidir.Shu munosabat bilan MBBT bir qancha tarkibiy qismlardan iborat.Dasturiy vositalariga translyatorlar va MB ga ma‘lumotlarni kiritadigan, qayta ishlaydigan, saqlaydigan, takomillashtiridigan, tеstdan o‘tkazadigan, ma‘lumotlarni kiritish, chiqarishni ta‘minlaydigan boshqarish tizimlari kiradi. Asosiy dasturlash tili sifatida Objеct Pascal, C++ kabi tillarni ishlatiladi.


Yüklə 326,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin