CREATE
Bu buyruq SQL obyektining bir necha turlarini, shu bilan birga sxemalarni, domenlarni, jadvallar va tasavvurlarni yaratishi mumkin. CREATE SCHEMA (sxemani tuzish) operatori bilan sxemani tuzish, uning egasini aniqlash mumkin. Misol qilib bir operator ko‘rinishini ko‘rsatib o‘tamiz:
CREATE SCHEMA SALES AUTHORIZATION SALES_MGR
DEFAULT CHARACTER SET ASCII_FULL ;
CREATE DOMAIN (domen tuzish) operatori yordamida ustunda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma‘lumotlarga cheklashlar qo‘yiladi. Bu cheklashlar orqali domenda mavjud bo‘lishi mumkin va mumkin bo‘lmagan obyektlar belgilanadi. Sxema o‘rnatilgandn keyin domenni tuzish mumkin.
Misol:
CREATE DOMAIN AGE AS INTEGER CHECK (AGE > 20);
Jadvallar CREATE TABLE operatori yordamida, tasavvur esa CREATE VIEW yordamida tuziladi. CREATE TABLE yordamida tuzilayotgan yangi jadval o‘sha operatorning ustunida kerakli bo‘lgan cheklashlar ham qo‘yish mumkin. Ba‘zi paytlrada cheklashlarni butun sxemaga ham qo‘yish to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatlarda CREATE ASSERTION operator yordamida amalga oshiriladi. Bundan tshqari yana CREATE CHARACTER SET, CREATE COLLATION va
CREATE TRANSLATION operatorlari mavjud.
SQL buyruqlari Relatsyon ma‘lumotlar bazasi bilan o‘zaro aloqada bo‘lish uchun standart SQL buyruqlari
CREATE — yaratish,
SELECT — tanlash,
INSERT — kiritish,
UPDATE — yangilash,
DELETE – o‘chirish va
DROP – butunlay o‘chirib tashlash.
Ushbu buyruqlarni tabiatiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin
— DDL — ma'lumotlarni aniqlash tili Nomer Buyruq va tavsif
CREATE — YARATMOQ Ma'lumotlar bazasida yangi jadval, jadval ko‘rinishi yoki boshqa obyekt yaratadi.
ALTER – o‘zgartirish kiritish Jadval kabi mavjud ma'lumotlar bazasi obyektini o‘zgartiradi.
DROP Butun jadvalni, jadval ko‘rinishini yoki ma'lumotlar bazasidagi boshqa obyektlarni yo‘q qiladi.
DML — Ma'lumotlar manipulyatsiyasi tili Nomer Buyruq va
tavsif
SELECT — TANLASH. Bir yoki bir nechta jadvaldan ma'lum
yozuvlarni olish.
INSERT — KIRITMOQ Yozuvni yaratadi.
UPDATE — YANGILASH Yozuvlarni o‘zgartiradi. 4 DELETE — O‘chirish Yozuvlarni yo‘q qiladi.
DCL — Ma'lumotlarni boshqarish tili Nomer Buyruq va tavsif
GRANT Foydalanuvchi uchun imtiyoz beradi.
REVOKE — Qayta ko‘rib chiqing Foydalanuvchiga berilgan imtiyozlarni qaytarib oladi. To‘liq matnni bu yerdan o‘qing: http://uzinfobiz.ru/sql-haqida- malumot.html
SQL so‘rov tilini o‘rganishni boshlaymiz. Har bir maqolada ma'lum bir sql komandalarini yozib borishga harakat qilaman. Bu so‘rov tili bevosita ma'lumotlar bazasi(jadvallar)ga bog'liq bo‘lgani uchun, maqola boshida biror jadvalni olib, shu jadvalga har xil so‘rovlar berib boraman.
Misollar, oracle ning isqlplus muhitida sinab boriladi va natijalar chiqariladi. Isqlplus dan boshqa muhitlarda ham bu komandalar ishlaydi, lekin ba'zi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin(sqlplus, mysql). Komandalarni, o‘rganishga qulay va soddadan qiyinga ko‘tarilib borish tartibida ko‘rsatib boraman. Iloji boricha to‘liq ma'lumot berishga harakat qilaman. Bu maqolada quyidagi jadvaldan foydalanamiz.
Bu jadval "misol" deb nomlanib, 4 ta ustun va 6 ta qatordan iborat. YUqoridagi qatorda faqat qator nomlari aks ettirilgan, ular ma'lumot vazifasini bajarmaydi. 5 ta qatordan iborat ma'lumot, bizning jadvalimizda joylashgan va biz bu ma'lumotlarni sql so‘rov tili orqali har xil ko‘rinishda chiqarib olishimiz mumkin. Albatta haqiqiy ma'lumotlar bazasida bunday kam ma'lumotlar saqlanmaydi, biz misollarni shu kichik ma'lumotlarda bajaramiz.
Demak birinchi komanda bu – SELECT. SELECT * FROM Misol;
Bu so‘rovning ma'nosi, " Misol" jadvalidagi barcha ma'lumotlarni chiqar deganidir. "*" barcha ustunlardagi ma'lumotlarni degani. "SELECT" – esa ekranga chiqar degani.
Natijani ko‘ramiz:
Agar bizga barcha ustun ma'lumotlar emas, faqatgina ba'zi birlari kerak bo‘lsa, kerakli ustun nomlarini vergul orqali nomma nom yozamiz.
Dostları ilə paylaş: |