Foydalanuvchi aniqlaydigan butunlik. Butunlikni aniqlash usullari: Birinchi kalitda qatnashuvchi atributlarga aniqlanmagan qiymatlar qabul qilinishiga ruxsat etilmaydi.
Tashqi kalit qiymati quyidagilar biri bolishi kerak:
Birinchi kalit qiymatiga teng;
To‘liq aniqlanmagan, ya‘ni tashqi kalitda qatnashadigan har bir atribut qiymati aniqlanmagan bo‘lishi kerak.
Har qanday aniq bir ma‘lumotlar bazasi uchun qo‘shimcha qoidalar spetsifikatsiyalari mavjud. Ular ishlab chiquvchilar yordamida aniqlanadi. Ko‘p hollarda tekshiriladi:
U yoki bu atributning unikalligi;
Qiymatlar diapazoni;
Qiymatlar to‘plamining aloqadorligi.
Jadvallarni yaratish. Jadvallar CREATE TABLE komandasi bilan yaratiladi. Bu komanda qatorlarsiz bo‘sh jadval yaratadi.
CREATE TABLE komandasi jadval nomini va jadval o‘zini ma‘lum tartibda ko‘rsatilgan ustunlar nomlari ketma – ketligi ta‘rifi ko‘rinishida aniqlaydi. U ma‘lumotlar tiplari va ustunlar o‘lchovini aniqlaydi. Har bir jadval juda bo‘lmaganda bitta ustunga ega bo‘lishi kerak.
CREATE TABLE komandasi sintaksisi:
CREATE TABLE (
name> type>[()],
[()],
...
);
Argument qiymati kattaligi ma‘lumot turiga bog‘liqdir. Agar siz maxssus ko‘rsatmasangiz, tizim avtomatik qiymatni o‘rnatadi. Bundan buyon quyida keltirilgan 3 ta jadvaldan iborat ma‘lumotlar bazasini ko‘ramiz. Jadval Sotuvchilar (Salepeople):