Axborot tizimining funksional modeli. Axborot tizimining funksional modelini quyidagicha tasavvur etish mumkin. Mazkur modeldan ko‘rinib turibdiki, axborot tizimining sohasi axborot obyektlari majmuidan iborat axborot makonini ifodalaydi. Umuman olganda axborot makoni bir xilda emas, chunki unda axborotlarning yuzaga kelishi, tashkil etilishi va joylashtirilishi jihatidan farqlanuvchi axborot obyektlarini o‘zida saqlaydi. Tizim orqali barcha axborotlarning yuzaga kelishini quyidagi asosiy proseduralarga ajratish mumkin: saqlash, qidirish, qayta ishlash, kiritish va chiqarish. Birinchi uchtasi ichki bosqich sanaladi, to‘rtinchi va beshinchilari esa mazkur tizim bilan axborot manbai va tashqi muhit o‘rtasidagi aloqani ta‘minlaydi. 1 - axborotni tashkil etish, saqlash va taqdim etish tizimi; 2 - axborotni kiritish, yangilash va tuzatish tizimi.
Axborot muhiti. Axborot muhiti o‘zaro bog’langan uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi. Bular: foydalanuvchining axborot tuzilmasi, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, boshqaruvning ishtirok etuvchi obyektlari. Axborot infratuzilmasi axborotlarni o‘z maqsadlariga erishish uchun foydalanadi. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari foydalanuvchilarni zarur texnologiyalar bilan ta‘minlash vositasi sanaladi. Axborot infratuzilmasi doirasida axborot- kommunikasiya texnologiyalari foydalanuvchilari ham o‘zaro harakatlanuvchi o‘ziga xos muhit sifatida ko‘rib chiqiladi. Foydalanuvchi kerakli axborotlarni olish uchun rasmiy (formal) va norasmiy axborot tizimlari yordamida uning manbaiga murojat qilishi
lozim. Tashqi manbaga rasmiy tizim orqali ko‘rib boriladi. Bu tizim axborotlarni raqam va matnli ma‘lumot (statistik hisobotlar, kitob, jurnal, xabar va hakazo) ko‘rinishida taqdim etadi. Ichki manbaga murojat qilish axborot- kommunikasiya texnologiyalari komponentlari
kompyuterlar, tizimli va amaliy dasturiy ta‘minot hamda zarur hollarda kommunikasiya vositalari yordamida amalga oshiriladi. Ichki manbalar norasmiy tizim vositasida ma‘lumotlar bazasidan so‘rovga javob tariqasida foydalanuvchini axborot bilan ta‘minlaydi. Foydalanuvchi rasmiy va norasmiy tizimga suyanib ijtimoiy faoliyat, korxona va tashkilot ishini tavsiflovchi axborotlarni oladi. An’anaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari rivojlanishi ikki an’anaviy segment ma‘lumot va matndan tashqari, yana qo‘shimcha ikkita segment-tasvir va nutqni qayta ishlashni ta‘minlaydi. Axborot muhiti axborotlarni qayta ishlash, qabul qilish, o‘tkazish va qidirish qobiliyatiga ko‘ra qismlarga bo‘linadi. O‘z navbatida, qayta ishlash qobiliyati insonning axborotlarni qabul qilish imkoniyatiga ko‘ra aniqlanadi. Ayrim hollarda axborot shakl, hajm va hakazo belgilar bo‘yicha tarkiblashtirishni talab qiladi. Qayd etish lozimki, foydalanuvchi axborot manbaiga muhtoj bo‘ladi. Chunki u axborotlarni uyg’unlashtirishga qancha ko‘p vaqt va kuch sarflasa, samaradorlik ham shuncha kam bo‘ladi. Foydalanuvchining faoliyat samaradorligini oshirish uchun axborotlarni integrallash jarayonini turli yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin. Integrallash jarayonining darajasini belgilashni yangi axborot-kommunikasiya texnologiyalari SHK, MBBTlar ta‘minlaydi. Asosiy urg’u turli xildagi axborotlarni qayta ishlash imkonini beradigan va o‘z ichiga integrallashgan ma‘lumotlarni qayta ishlash vositalari, ma‘lumotlar bazalarini boshqarish tizimi, aloqa vositalari va matnli prosessorlarni oluvchi amaliy dasturiy ta‘minotga qaratiladi. Axborot tizimining namunaviy tarkibi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga quyidagilar kiradi: odam(xodim), texnik vositalar, axborot va dasturiy ta‘minot. Ular birgalikda boshqaruv usullari uchun ma‘lumotlarni qayta ishlaydi.
Axborot tizimining namunaviy tarkibi:
avtomatlashtirilgan axborot tizimi
texnik vositalar Dasturiy ta‘minoti
boshqaruv usullari
tizimli dasturiy ta‘minoti
amaliy dasturiy ta‘minoti
boshqaruv modeli Inson (xodim)
axborot ta‘minoti
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi tuzilmasi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta‘minlovchi va funksional qismlarga ega. Ta‘minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, xuquqiy, uslubiy, ergonomik, psihologik va lingvinistik ta‘minotdan iborat bo‘ladi.