Plandagi asosiy burchak kesish tezligiga knday ta`sir etadi?
Kesish rejimini tanlab olish tartibini ayting.
Kesikichning yumaloklanish radiusi kesish tezligiga qanday ta`sir etadi?
Tayanch iboralari: Nisbiy turgunlik, iktsiodiy turgunlik, iktissodiy kesish tezligi, daraja ko’rsaatkichlari, umumiy tuzatish koeffitsienti , kesish tezligi, effektiv quvvat.
9-BOB : YO’NISHDA KESISH TEZLIGIGA TA`SIR ETUVCHI FAKTORLAR Yo’nishda kesish tezligini aniqlash
2. Kesish rejimini tanlab olish va uni tekshirib ko’rish.
Foydalanilgan adabiyotlar: Avagimov V.D. Mashinasozlik materiallarini kesib ishlash stanoklar va asboblar. –T: O’qituvchi, 1971-b.62-81.
YO’NISHDA KESISH TEZLIGINI ANIQLASH Kesish tezligi yo’niladigan material turiga, ishlov berish sharoiti, kesish chuko’rligi, surish kiymati, kesuvchi asbob turrunligiga qarab tanlanadi. Yo’nishda kesish tezligi kuyidagi formula asosida topiladi:
bu erda Cυ — ishlov berish sharoitini va yo’niladigan materialni xarakterlovchi koeffitsient; T — keskichning turgunligi, min; m — nisbiy turgunlik ko’rsatkichi; t — kesish chuko’rligi, mm; s—surish kiymati, mm/ayl; xv va uυu — t va s ning daraja ko’rsatkichlari; K— umumiy tuzatish koeffi-tsienti.
Umumiy tuzatish koeffitsienti ayrim tuzatish koeffitsientlari ko’paytmasiga teng bo’ladi:
Keltirilgan koeffitsientlarning kiymatlari jadvallarda berilgan. Kesish tezligining formulasi ( ) ni analiz kilish shuni ko’rsatadiki, berilgan detalni ayni stanokda t va s ning muayyan kiymatlarida yo’nishda optimal kesish tezligini topish uchun:
a) ( ) formuladan foydalanib, keskichning turgunligi asosida kesish tezligining kiymatini xisoblab topish;
b) stanokning effektiv quvvati ma`lum bo’lgach, ( ) formuladan foydalanib, kesish tezligini topish;
v) kesish tezligining topilgan eng kichik kiymati asosida ( ) formuladan foydalanib, aylanishlar sonini xisoblab topish, uni stanokdagi ma`lumotlar bilan takkoslab chikish va shpindel aylanishlar sonining stanokdagi ma`lumotga eng yakin keladigan kichigini tanlab olish;
g) shpindelning tanlab olingan aylanishlar soniga ko’ra, ( ) formuladan foydalanib, optimal kesish gezligini xisoblab topish;
d) optimal kesish tezligi ma`lum bo’lgach, ( ) formuladan - foydalanib, keskichning shu kesish tezligiga to’gri keladigan turgunligini aniqlash kerak.