1 bob. Muammoning o‘rganishni ilmiy nazariy asoslari



Yüklə 119 Kb.
səhifə11/13
tarix08.04.2023
ölçüsü119 Kb.
#94876
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
MUNDARIJA

Birinchi chorak korreksion vazifalari barcha mashg‘ulotlarda sodda vaziyatli nutq malakalaridan foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Lug‘at bilan ishlash asosiy o‘rinni egallaydi: lug‘atni kengaytirib borish, so‘zlarni mazmunini aniqlashtirish, passiv lug‘at boyligini faollashtirish. Logopedning o‘zini nutqiga alohida talab qo‘yiladi: savollar aniq bo‘lishi, nutq har xil variantda qisqa, aniq jumlalardan tashkil topishi, ertak so‘zlash ko‘rgazmali bo‘lishi, shoshilmagan suratda bo‘lishi talab qilinadi.
Ikkinchi chorakdagi korreksion vazifalar mustaqil nutqdan foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash, asta-sekin mustaqil nutqning sodda ko‘rinishlarini egallashi, logopedning savoli yordamida va savolsiz ham hikoya to‘zishga o‘rgatishdan iborat. Jumla tuzish ustida ishlash muhim o‘rin egallaydi: oddiy, keng tarqalgan jumlalar tuzish, ularni grammatik joylashtirish, murakkab gap tuzish, mazmunini so‘zlab berishga o‘tish. Dasturdagi materialni o‘rganishdagi ketma-ketlik o‘zgaradi. Agar birinchi chorakda bolalar hamma mashg‘ulotlarda bir predmet bilan tanishgan bo‘lsalar, ikkinchi chorakda esa predmetlar takrorlanmaydi, mavzu va topshiriqdagi umumiylik belgisi bo‘yicha yaqin obyektlar tanlangan bo‘ladi.
Uchinchi chorakdagi korreksion vazifalar oldin o‘zlashtirilgan nutq shakllaridan foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash va mustaqil matn bo‘yicha nutqiy so‘zlashni egallashdan iborat. So‘z tuzishga anchagina o‘rin beriladi: so‘z ko‘rgazmali vositalarga qarab, logopedning savollari bo‘yicha va mustaqil tuzilishi mumkin. Uchinchi chorakda dasturni oldingi bosqichlarga xos bo‘lgan asta-sekinlik bilan o‘rganish zarurati yo‘qolib boradi va mashg‘ulotlar ommaviy bolalar bog‘chalaridagi darajasiga yaqinlashib boradi.
To‘rtinchi chorakdagi korreksion vazifalar turli murakkablikdagi mustaqil nutqdan foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Ijodiy so‘zlash ustida ish olib borish katta o‘rin egallaydi. Shuning bilan bir qatorda oldingi bosqichlarda boshlangan lug‘at jamg‘arish davom etadi. Jumlalar tuzish takomillashtirilib boriladi. Bolalar o‘z nutqida logoped savollariga, mustaqil kuzatishlariga tayanadi, o‘z fikrlarini bayon qiladi, xulosalar qiladi. Ko‘rgazmali qurol deyarli qo‘llanmaydi. Logopedning savollari bolalar o‘zi o‘ylab topgan, kutilayotgan ish jarayoniga taalluqli bo‘ladi. Kamchilikni tuzatish o‘qitish, berilayotgan syujet-mazmunining mantiqiy ketma-ketligiga rioya qilish, tushuntirishlar, aniqlashtirishlarni berishni bilishga yo‘naltirilgandir.
N.A. Cheveleva va S.A. Mironovalarning duduqlanuvchi bolalarni nutqini qayta tarbiyalash metodikalarini sodda vaziyatli nutq shaklidan mustaqil nutqqa o‘tish orqali erkin nutqqa erishishga asoslangan. Faqatgina N.A. Cheveleva bu ishni qo‘l mehnati jarayonida amalga oshirishni taklif etsa, S.A.Mironova esa bolalar bog‘chasi dasturining turli bo‘limlarini o‘tish jarayonida amalga oshiradi. Umuman, duduqlanadigan bolalar bilan kamchiliklarni tuzatish (korreksion) va tarbiyaviy ish olib borish vazifalarini birlashtirish tizimini zarurligi to‘g‘ri deb hisoblasa bo‘ladi va uni logopedik amaliyotda qo‘llash zarur deb hisoblanadi.
V.I. Seliverstov metodikasi esa ko‘proq tabobat muassasalarida bolalar bilan ish olib borishga mo‘ljallangan (ambulatoriya va statsionar sharoitda). Muallif tomonidan taklif etilgan bolalar bilan ketma-ket murakkablashib boruvchi logopedik mashg‘ulotlar sxemasi uch bosqichga bo‘linadi: tayyorlov, mashq qilish va mustahkamlash bosqichlari.
Bu davrlar jarayonida nutqiy mashqlar bir tomondan, mustaqil nutqning darajasi uning baland-pastligi, ritmikligi, tuzilishigacha murakkablashtirilsa, ikkinchi tomondan turli murakkablikdagi nutqiy vaziyatlar: ijtimoiy qurshovi, bola faoliyati turlarigacha murakkablashtirilib boriladi.
Logopedik mashg‘ulotlarning majburiy sharti bo‘lib, ularning «Bolalar bog‘chasida bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturi»ning hamma bo‘limlari bilan bog‘lab olib borish hisoblanadi va eng avvalo, maktabgacha bolalar faoliyatining asosiy turi hisoblangan o‘yin bilan bog‘lash zarur.
Tarbiya va o‘qitishning tabaqalashtirilgan psiholo-pedagogik metodning ahamiyati G.A.Volkova metodikasida yoritib berilgan.

Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin