1 bob. Muammoning o‘rganishni ilmiy nazariy asoslari


-7 yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan kompleks ish olib borish tizimi quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi



Yüklə 119 Kb.
səhifə12/13
tarix08.04.2023
ölçüsü119 Kb.
#94876
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
MUNDARIJA

2-7 yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan kompleks ish olib borish tizimi quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:

  • O‘yin faoliyati tizimi

  • Logoritmik mashg‘ulotlar

  • Tarbiyaviy mashg‘ulotlar

  • Bolalarning mikroijtimoiy muhitiga ta’sir etish.

Logopedik mashg‘ulotning mazmunini tashkil etadigan, o‘yin tizimi o‘ziga quyidagi o‘yin turlarini kiritadi: didaktik, ashula bilan o‘yin, harakatli, qoidali o‘yinlar, she’r va prozaik matnlar asosida drammatizatsiyalashtirilgan o‘yin, stol tennisi o‘yini, barmoq teatri, logoped maslahati bilan va bolalar o‘zi o‘ylab topgan ijodiy o‘yinlar. Mashg‘ulotlarda bolalar bilan birinchi navbatda o‘yin faoliyatining tamoyiliga tayaniladi.
Ushbu metodika quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: bola nutqini tekshirish, nutqini cheklab qo‘yish, logoped bilan birgalikdagi va aks ettirilgan nutq, savol-javob nutqi, turli vaziyatlarda bolalarning mustaqil muloqoti. Har bir mashg‘ulot bog‘cha dasturi materiallarini inobatga olgan holda, korreksion, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirishni hisobga olgan holda tuziladi. O‘yin faoliyati metodikasi shaxs xususiyatlarini shakllantirishga va uning asosida nuqsonni bartaraf etishga yo‘naltirilgan.
Duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlar amaliyotida o‘yin va o‘yin usullari logopedik ta’sirning bosqichlariga ko‘ra bolada toliqish holatlarini oldini olish maqsadida foydalaniladi.
4 yoshdan 7 yoshgacha duduqlanuvchi bolalar bilan ish olib borishda kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan logopedik ta’sir Etakchi ahamiyat kasb etadi, chunki yakka holda rivojlanish jarayonida shakllangan shaxsiy xususiyatlar duduqlanuvchining nutq faoliyati harakteriga ta’sir qiladi va defekt tarkibini aniqlab beradi.
O‘yin faoliyati metodi shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilgan bo‘lib uni asosida esa kamchilikni (defekt) bartaraf qilishga qaratilgan.
Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni duduqlanishni bartaraf qilish bo‘yicha logopedik ishlarni takomillashtirish XX asrning 80yillarida turli uslubiy ishlanmalar yaratilishga olib keldi. Logopedik mashg‘ulotlardagi nutq bo‘yicha materiallar bosqichma-bosqich nutq tarbiyasi sharoitida bolalar tomonidan o‘zlashtiriladi. So‘zni birgalikda qaytarishdan to tanish rasmlarni tushuntirishda mustaqil so‘zlab berishgacha, tinglagan katta bo‘lmagan ertakni qayta so‘zllab berish, she’r aytib berish, tanish rasmga qarab savollarga javob berish, bola hayotining ayrim lavhalarini mustaqil so‘zlab berish, bayramlar haqida so‘zlash va boshqalar; nutqni bosqichma-bosqich tarbiyalash sharoitida sukut saqlash (gapirmaslik) tartibidan o‘yin faoliyati yordamida ijodiy so‘zlab berish, 2 yoshdan 7 yoshgacha bolalar bilan ishda tabaqalashtirishdan foydalanish, qo‘l faoliyati yordamida mustaqil nutqni tarbiyalash asosida logopedik ishlar amalga oshiriladi.
Albatta, amaliy faoliyatda logoped logopedik mashg‘ulotlarni tuzishga ijodiy yondoshishga haqli va majbur. U duduqlanuvchi bolalar kontingenti, ularning individual-psihologik xususiyatlariga muvofiq ma’lum metodlarni qo‘llashi mumkin. Yuqorida qayd etilgan maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalarga logopedik ta’sir qilish metodlari «Bolalar bog‘chasida bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturi»ga muvofiq ishlab chiqilgan. Chunki, bu dastur ommaviy bolalar bog‘chalari tarkibidagi nutq guruhlari uchun ham majburiy hujjat hisoblanadi.

Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin