Hikoya, sayl, ekskurtsiyalar, rasmlar, mavzu bo‘yicha olingan taassurotlarni mustaqil gapirib berish.
Mustaqil nutq – duduqlanuvchilar uchun eng murakkab nutq shakli. Bu nutq tabiiy sharoitda atrofdagilar bilan erkin munosabatga kirishishi – savolllar, iltimos, murojaat, fikr almashish, istak bildirish va hakazolarda namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, duduqlanuvchilarda erkin, mustaqil nutq mashg‘ulotlarda quyidagi izchillikda tarbiyalanishi mumkin:
logoped bilan birga va logoped ketidan qaytariladigan nutq;
Duduqlanuvchi nutqining holatiga ta’sir qiluvchi omillardan biri, uning turli xil nutqiy tayyorgarlik darajasidir. Agar duduqlanuvchi matnni yoddan bilsa yoki kerakli materialni oldindan takrorlab, u bilan tanish bo‘lsa, nima demoqchi ekanligini oldindan fikran o‘ylab va uni qanday ketma-ketlikda aytmoqchi ekanligini rejalashtirgan bo‘lsa u oson gapiradi. Duduqlanishni kuchayishi notanish matn bilan ishlashda va fikran tayyorlanmasdan so‘zlash vaqtida namoyon bo‘ladi.
Nutqiy mashqlar quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi:
Duduqlanuvchida nutqiy pay tortishishlar ta’sir qiluvchi omilardan biri, nutqiy tizimning murakkablik darajasi.
Odatda, duduqlanuvchilar alohida tovushlarni ko‘pincha unlilarni oson talaffuz qiladilar. Bo‘g‘inlar so‘ng so‘zlarni talaffuz qilish unli tovushlarga nisbatan murakkablashadi. Ularda asosiy qiyinchilik fikrni bayon etishni boshlashda (so‘zlashni boshlashdagi qiyinchilik) paydo bo‘ladi.
Duduqlanuvchilar nutqining erkinligi va balandligi nutqiy mashqlarning aniq ketma-ketligi asosida amalga oshiriladi: ovoz chiqarmay, sekin, shivirlab, baland va odatlangan ovoz bilan gapirish.
Duduqlanuvchilar nutqiga nutqning ravonligi, bir maromdaligi ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ashula aytishda, ritmik she’riy nutq va cho‘zib so‘zlashda nutqiy pay tortishishlar ancha kamayadi, yoki butunlay yo‘qoladi. Nutqiy so‘zlashish ritmik harakatlar jo‘rligida bo‘lsa, duduqlanuvchi so‘zlash jarayonida ma’lum bir Engillikni his etadi. Keyinchalik muloqotda bo‘lish ko‘nikmalari bir maromdagi nutqdan har xil to‘lqindagi oddiy nutqqa o‘tiladi.