1 bob. Muammoning o‘rganishni ilmiy nazariy asoslari


Uyg‘unlashgan-aks ettiruvchi nutq



Yüklə 119 Kb.
səhifə7/13
tarix08.04.2023
ölçüsü119 Kb.
#94876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
MUNDARIJA

2.4. Uyg‘unlashgan-aks ettiruvchi nutq
bosqichida turli matnlar qo‘llaniladi: yod olingan mashhur ertaklar, savol va javoblar, notanish ertak, hikoyalar.
Nutq mashg‘ulotlari xonada yoki uyda logoped yoki ota-onalar bilan o‘tkaziladi. Agar mashg‘ulotga begona kishilar, tengdoshlari taklif qilinsa sharoit murakkablashadi.
Logopedik ishda keyingi qadam – nutqning savol-javob bosqichidir.
Bu davrda bola namunalar bo‘yicha iboralarni takrorlashdan asta-sekin ozod bo‘ladi va mustaqil nutqiy muloqotda dastlabki yutuqlarga erisha boshlaydi. Aks ettirilgan javoblardan boshlash maqsadga muvofiqdir, katta odam savol beradi va o‘zi javob beradi, bola javobni takrorlaydi. Asta-sekin savollarga qisqa javoblardan bola bir muncha murakkablariga o‘tadi. Bola ilgari olgan namunalaridan foydalangan holda murakkab gaplarni mustaqil to‘zishga o‘rganadi. Nutqiy mashqlarning sun’iyligini oldini olish uchun ularni bolaning kundalik hayoti va dastur materiali bilan bog‘liq turli xil materiallarning o‘zida o‘tkazish kerak: rasmlar bo‘yicha savollar, ertak yoki hikoya mazmuni bo‘yicha savollar, o‘yin jarayoni bo‘yicha savollar va boshqalar.
Faoliyatning turli ko‘rinishlarini savollar bilan birga olib bormoq foydalidir (umumta’lim mashg‘ulotlarida tashqil qilinuvchi faoliyatlar): atrofdagilarni kuzatish, mehnat, qurish-yasash, rasm chizish, o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar va boshqalar.
Dastlab bolaning javoblari uni oddiy harakatlarini, hozirgi zamonda ishlangan sodda kuzatishlarini aks ettiradi (men uy chizyapman, stolda olmalari bilan vaza turibdi).
So‘ng o‘tgan zamonda, tugallangan harakatlar yoki bajarilgan kuzatishlarni aks ettiradi. (Men kecha otam bilan hayvonot bog‘iga bordim. Biz u Erda timsohlarni ko‘rdik). Va nihoyat, kelasi zamonda, ko‘zlagan harakatlari haqida (Biz hozir bog‘ga boramiz. Biz bekinmachoq o‘ynaymiz). Bu holda, aniq fahmlashdan va o‘zining bevosita kuzatuvlari va harakatlarini uzatishdan bola umumlashtiruvchi xulosalarga, taxmin qilingan vaziyatlar va harakatlarni ta’riflab berishga o‘tadi.
Turli mashg‘ulotlar bolalarga to‘g‘ri nutq malakalarini o‘zining kundalik hayotiga o‘tkazishga yordam beradi.
Agar bola duduqlansa, javobni Etarlicha baland talaffuz etilmaganini bahona qilib (yoki haddan tashqari tez, yoki tushunarsiz), undan iborani yana takrorlab berish iltimos qilinadi. Agar nutqiy tortishish kuchli bo‘lib, bola uni darhol bartaraf etolmasa, ibora tuzilishini to‘g‘rilash yoki o‘zgartirishga imkon beruvchi aniq yordamchi savolni berish maqsadga muvofiqdir.
Nutqiy mashqlarni tanlashda, nutqiy tortishishlarni oldini olish yoki o‘z vaqtida yordamga kelishni bilish uchun qanday holatlarda (qiyin tovushlar, ibora boshi, sharoit) bolada nutqiy tortishishlar namoyon bo‘lishi mumkinligini yaxshi bilish lozim. Nutqiy tortishishlarning butunlay yo‘qligi, duduqlanuvchi bola bilan olib boriladigan va yaxshi tayyorlangan mashg‘ulot ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Bola oddiy savollarga erkin javob berishga o‘rgangandan so‘ng, mashg‘ulotlarda hikoya va qayta hikoya qilishlar qo‘llaniladi. Hikoya qilish va hikoyalarga, savollardan javoblarga o‘tishda ketma-ketlikka rioya qilgan holda logoped dastlab bolaga rasmlar bo‘yicha oddiy mustaqil iboralarni tuzish va talaffuz qilishni taklif qiladi, so‘ng yangi rasm bo‘yicha savollar berish va ularga javob berish taklif qilinadi.
Oddiy iboralardan mazmun jihatdan bog‘langan birmuncha murakkab iboralarga o‘tish mumkin, so‘ng yaxshi tanish bo‘lgan matnni hikoya qilib berishga (yertaklar, hikoyalar), biroz notanish bo‘lgan matnni hikoya qilishga (yaqindan yoki endi eshitganini), atrof hayotdagi alohida omillarni ifodalashga, o‘zining sayri, ekskursiyasi, mashg‘ulotlari va h.k.lar haqidagi hikoyalarga o‘tish mumkin.
Nutq shakllarining murakkablashuviga muvofiq mashg‘ulotlar sharoiti ham murakkablashadi. Mashg‘ulotlar nafaqat xonada yoki uyda, balki ulardan tashqarida ham o‘tkaziladi. Xonada ko‘chaga chiqishga, jamoa joylariga chiqishga tayyorgarlik ko‘riladi, oldinda turgan ekskursiyaga tayyorlanadilar, logoped tasavvur qilingan yoki atrofdagi predmetlar yoki hodisalar haqida savollar beradi. Masalan: «Sen oldingda bino ko‘ryapsanmi? Uning nechta qavati bor, tomi qanday rangda? Bugun havo qanday?». Keyinroq bu savollar murakkablashadi, bola ko‘rganlari, eshitganlari yoki bajarganlari haqida gapiradi va nihoyat suhbatda ishtirok etadi.
Nutqiy materialni o‘zlashtirgandan so‘ng ekskursiyaga chiqiladi va bolaga aynan o‘sha savollar beriladi.
Xonadon tashqarisidagi mashg‘ulotlarda bola atrofdagi sharoit va odamlarga xotirjam ta’sirlanishga, uyalmaslikka va logoped savollariga to‘g‘ri javob berishga va o‘zi ham savollar berishga o‘rganadi. Duduqlanuvchi bolalarda to‘g‘ri nutqni shakllantirishda, xonadon tashqarisidagi mashg‘ulotlar katta ahamiyatga egadir. Bunday mashg‘ulotlarni to‘g‘ri baholay olmaslik shunga olib keladiki, bola xonada, ya’ni bola o‘zi uchun odatdagi sharoitda mutlaqo erkin gapirishi mumkin, xonadan tashqarida esa uning nutqidagi tortishishlar saqlanib qolaveradi.
Mustahkamlovchi davr vazifalariga, bola tomonidan egallangan to‘g‘ri nutq malakalari va nutqiy faoliyatning turli vaziyatlari va ko‘rinishlarida o‘zini tutish malakalarini mustahkamlash kiradi. Ichki istak ta’siri ostida bolada yuzaga keluvchi spontan nutq materiallarida, (atrofdagilarga savol, iltimos bilan murojaat qilish, tassurotlar almashish) belgilangan vazifalar birmuncha faol amalga oshiriladi.
Duduqlanuvchi bola bilan olib boriladigan logopedik mashg‘ulotlarda logopedning ishtirok etish darajasi asta-sekin o‘zgaradi. Birinchi etaplarda rahbar ko‘p gapiradi, oxirgi etaplarda – logopedning roli asosan nutq mashg‘uloti mavzusini to‘g‘ri tanlashga, uning borishini yo‘naltirishga va bolaning mustaqil nutqiy faoliyatini nazorat qilishga qaratiladi. Mashg‘ulotlar asta-sekin suhbat xarakterini ola boshlaydi. (O‘tkazilgan kun, tenglangan ertak, tomosha qilingan ko‘rsatuv va boshqalar haqida).
Kundalik hayotdan olingan mavzulardagi ijodiy o‘yinlardan keng foydalaniladi: «Mehmon», «Dasturxon atrofida», «Shifoxona qabo‘lida», «Do‘kon», «Ona va qiz» va boshqalar, mashhur ertaklar syujetiga sahnalashtirilgan o‘yin-dramalardan foydalaniladi.
Mustahkamlash davrida logoped va ota-onalarning asosiy diqqati, bolaning mashg‘ulotlardan tashqarida qanday gapirayotganligiga qaratiladi. Shuning uchun, sayrdagi suhbatda, uyda tushlikka tayyorgarlik vaqtida, ertalabki yuvinish vaqtida va h.k., qachon kerak bo‘lsa, uni to‘g‘rilash imkonini qo‘ldan boy bermaslik kerak.

Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin