9. Firmalardagi ichki tadbirkorlar. Faoliyat yuritayotgan korxona (firma) doirasida yangi g'oyalar ijod qilib, ularni muvaffaqiyatli loyihalarga tatbiq etuvchilar. Bular bundan foyda ko'rmasa ham va o'z korxonalari uchun shaxsan moliyaviy tavakkalchilikni zimmalariga olmasalar ham, ular tadbirkorlar qo'llaydigan boshqaniv uslublaridan foydalanishlari lozim.
10. Franchayzerlar. Franchayzer — bu yakka tartibdagi tadbirkor bo'lib. u o'z biznesini mashhur markali mahsulot bilan ishlashdan boshlaydi. Franchayzer biznesga egalik qiladi va marka egasi bilan shartnoma doirasida javob beradi.
II. Majbur bo'lgan tadbirkor. Yashash uchun biznes bilan shug'ullanishni boshlagan ishsiz kishi, masalan, poyabzal tozalovchi, yoymachi.
1. Ta'sischilar. Tadbirkorlar ishning asoschisidir, chunki ular atrofdagi sharoitlarni tahlil qilishni, imkoniyatlarni izlab topishni, resurslarni safarbar qilishni va o'zlarining tadbirkorlik g'oyalarini amalga oshirishni biladilar.
2. Hamkorlar. Tadbirkorlar quyidagi sabablarga ko'ra, boshqa shaxslarni biznes loyihasida qatnashishga jalb qilishadi:
a) bu korxonani muvaffaqiyatga erishishini yoki inqirozga duch kelishini belgilaydigan omildir;
b) biznes g'oyaning murakkabligi bundan ko'proq shaxs ishtirokini taqozo etishi mumkin:
d) boshqa shaxslarning qobiliyati, tajribasi va ta’siridan foydalanishga ehtiyoj paydo bo'lishi mumkin;
c) do'stlik munosabatlarining mustahkamligi yoki tanish-bilishlik darajasi qo’shma korxona faoliyatida qatnashish orqali kuchayadi.
3. Akstyidorlar.Bolg'usi tadbirkorlar, jumladan, quyidagi vaziyatlarda, aksiyadorlar sifatida qatnashishlari mumkin:
a) korxonani harpo etish juda katta investitsiyalar talab etitgan hollarda;
b) ular o'z vaqtlarini to'liq korxona ishiga bag'ishlashni istamagan hollarda:
d) ular investitsiya faoliyatiga yo'naltirmoqchi bo'lgan moliyaviy resurslarini bir nechta korxonalarga taqsimlashga intilgan hollarda;
c) ular bunday korxonani hoshqarish qobiliyatiga ega bo'lmagan hollarda.