1. bob psixologik tashviqot − ta’lim tizimidagi psixologik xizmat vazifasi sifatida



Yüklə 81,18 Kb.
səhifə3/7
tarix09.07.2023
ölçüsü81,18 Kb.
#136223
1   2   3   4   5   6   7
23 mavzu

Birinchi bosqich dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bosqichda psixolog sog’ bolalar bilan ishlaydi yoki maktabdagi barcha o’quvchilarni qamrab oladi. Ko’pchilik mualliflarning ta’kidlashicha, maktab psixik sog’liq profilaktikasi uchun qulay hisoblanadi. Ular maktab psixologlarini dastlabki profilaktikani o’tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar.
Ikkinchi bosqich profilaktika muammolari mavjud bolalarga qaratiladi. Uning maqsadi −o’qishdagi va xulq-atvordagi qiyinchiliklarni iloji boricha erta aniqlab, ularni yo’qotishdan iboratdir. Ikkinchi bosqich ota-onalar va o’qituvchilarga maslahatni ham o’z ichiga oladi.
Uchinchi bosqich. Psixolog o’qishdagi va xulq-atvordagi yaqqol ko’rinib turadigan muammolari bor bolalarga o’z diqqatini qaratadi.
Profilaktikaning dastlabki maqsadi − jiddiy psixologik qiyinchiliklarni va muammolarni yo’qotish va tuzatishdan iborat. Psixolog oldiga kelgan bola bilan alohida ishlaydi. Maktab psixologining asosiy kuchi uchinchi bosqichga, ya’ni «tarbiyasi qiyin» bolalarga qaratiladi va o’quvchilarning asosiy qismi psixolog e’tiboridan chetda qolib ketadi.
Hozirgi Amerika psixologlari maktablardagi psixologik xizmatni psixik sog’liq xizmati sifatida faoliyat ko’rsatishning tarafdori bo’lib chiqmoqdalar.
SHunday qilib, psixolog profilaktik ishining asosiy vazifalari quyidagilar:
1. Har bir yosh bosqichida insonning shaxs sifatida shakllanishi, aqlan barkamollikni ta’minlashning oqilona shart-sharoitlarini yaratish;
2. SHaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo’sag’asida vujudga kelishi mumkin bo’lgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni o’z vaqtida oldini olish hisoblanadi.

1.2. Psixologik-pedagogik konsilium
Konsilium − (lot. Consilium - kengash, maslahatlashish) bir yoki bir qancha sohalardagi mutaxassislarning ma’lum muammoni o’rganish va uni hal etish uchun kengashishi hisoblanadi. Psixoprofilaktik ishlarning usullaridan biri pedagogik psixologik konsiliumni tashkil etadi. Y.K.Babanskiyning ta’kidlashicha, o’quvchilarni o’rganishni yaxshi yo’lga qo’yish uchun, to’liq yozma tavsifnomalar yozishdan ko’ra sinf o’qituvchilarining o’quvchilar haqidagi fikrlarini jamoa bo’lib muhokama qilish, sinfga va o’quvchilarga individual yondashuv choralarini ishlab chiqish yaxshi natijalar beradi. Bunday jamoa bo’lib, muhokama qilishlarni shartli ravishda pedagogik- psixologik konsilium deb ataladi.
Psixologik-pedagogik konsilium o’qishda orqada qolish sabablarini yoki xulq-atvordagi kamchilik natijalarini muhokama qilishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Pedagogik konsiliumda psixologning vazifasi −o’quvchi intellektual taraqqiyotini baholashda o’qituvchilarga har xil tomondan yondoshuvga yordamlashishdan iborat. Pedagogik konsilium imkoniyatlarini baholashda sub’ektivizmdan holi bo’lish ularni ob’ektiv baholash imkonini beradi. Lekin, baxtga qarshi o’qituvchilarda u yoki bu o’quvchi haqida o’z fikri bo’ladi, ularning bu fikrlarini o’zgartirish juda qiyin. SHuning uchun konsilium natijasi foydali bo’lishi uchun psixolog unga jiddiy tayyorlanishi kerak.
Psixolog konsiliumda ishtirok etib quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1. Pedagogik jamoa o’quvchi psixik va shaxsiy xarakteristikalarini turli tomondan ko’rsatish, bunda albatta ijobiy kuchli tomonlarni ta’kidlash joiz. Kuzatish, suhbat, psixodiagnostika natijalariga asoslanib, o’quvchi muammolarining kelib chiqishi haqida isbotlangan farazlarni keltirish zarur.
2. Har bir o’qituvchida o’quvchiga nisbatan mavjud ustanovkasini o’zgartirishga erishish zarur. Bu juda qiyin vazifa bo’lib, uni ehtiyotkorlik bilan hal qilish lozim, konsilium o’tkazguncha sekin-asta boshlash kerak.
Ko’pincha o’qituvchi o’quvchiga nisbatan fikrini o’zgartirgisi kelmaydi. O’qituvchi bunda psixolog nima haqida gapirayotganini tushunmaganligi uchun emas, balki ongli ravishda o’z hayotini murakkablashtirgisi kelmaganligi uchun shunday qiladi.
3. Barcha o’qituvchilarning o’quvchi muammolarini, uning shaxsi mohiyatini jamoa bo’lib, tushunishlariga erishish. Faqat ana shu holda o’quvchi foydasiga o’zaro harakat qilishlariga ishonish mumkin.
SHunday qilib, psixologik-pedagogik konsilium psixoprofilaktik ishning muhim bosqichi hisoblanadi. Yuqori darajada tayyorlangan konsilium o’quvchilarning, o’qituvchilarning va butun jamoaning rivojlanishiga yordam beradi.
Psixologik-pedagogik konsiliumning funksiyalari quyidagilar:

1. Ijtimoiy nazorat funksiyasi o’smir xulq atvorini nazorat qilib boruvchi, unga to’g’ri yo’l-yo’riqlar ko’rsatuvchi kishilarning ishini o’z ichiga oladi. PPK jarayonida sinf rahbari, ota-onalar, o’qituvchilar uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Yüklə 81,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin