41-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisi Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman,
shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisi:
sud majlislarida raislik qiladi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi hamda ularning
murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlari va
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir
faoliyati to‘g‘risida tegishli xalq deputatlari Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim
etadi;
sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning
faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;
sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud apparati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini
tuzadi va bekor qiladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman,
shahar sudining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudining raisi qonunga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman,
shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisi yo‘qligida uning vakolatlarini rais
o‘rinbosari bajaradi, u yo‘qligida esa, sud raisining vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi,
viloyat, Toshkent shahar sudi raisi tomonidan tegishli sud sudyalaridan birining zimmasiga
yuklatilishi mumkin.
42-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman,
shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari:
vazifalar taqsimotiga muvofiq sud apparati ishiga rahbarlikni amalga oshiradi;
sud majlislarida raislik qiladi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi;
sud raisi yo‘qligida uning vazifasini bajarib turadi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman,
shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari qonunga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.