1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sudning asosiy vazifalari



Yüklə 277,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/42
tarix29.03.2023
ölçüsü277,07 Kb.
#91107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

4-modda. Sudning asosiy vazifalari
Sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi
va boshqa
qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda
kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar
hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini
himoya qilishdan iborat.
Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini
ta’minlashga qaratilgandir.


5-modda. Sudyalar korpusini shakllantirish
Sudyalar korpusini shakllantirish sudyalarning mustaqilligi prinsipiga qat’iy muvofiq holda
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi alohida qonun bilan
belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasining 
Qonuni
.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qonunchilik tashabbusi
O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
qonunlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali
amalga oshiriladigan qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
83-moddasi
.
7-modda. Sudlarda davlat ramzlari
Sud binosida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ko‘tariladi, sud binosining old
tomonida va sud majlislari zalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri joylashtiriladi.

Yüklə 277,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin