5-modda. Sudyalar korpusini shakllantirish
Sudyalar korpusini shakllantirish sudyalarning mustaqilligi prinsipiga qat’iy muvofiq holda
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi alohida qonun bilan
belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasining
Qonuni
.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qonunchilik tashabbusi
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasiga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
qonunlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali
amalga oshiriladigan qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
83-moddasi
.
7-modda. Sudlarda davlat ramzlari
Sud binosida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ko‘tariladi,
sud binosining old
tomonida va sud majlislari zalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri joylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: