1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati



Yüklə 277,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/42
tarix29.03.2023
ölçüsü277,07 Kb.
#91107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

8-modda. Qonuniylik
O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov qonunga qat’iy muvofiq holda amalga oshiriladi.
9-modda. Sudyalarning mustaqilligi
Sudyalar mustaqildir, faqat qonunga bo‘ysunadi. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish
borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga
muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday vazifalar
yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
14-
moddasi
.
10-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.
Sud hujjatini ijro etmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 
232-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 
198 -moddasi
.
11-modda. Qonun va sud oldidagi tenglik
Barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi hamda ijtimoiy
mavqeyidan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengdir. Korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar
ham qonun va sud oldida tengdir.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
18-moddasi
.
12-modda. Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi
Barcha sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqishga faqat
qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Sud majlisi zalida hozir bo‘lgan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi zalida
qonunda belgilangan tartibda fotosuratga olishi, video va audio yozuvni amalga oshirishi mumkin.

Yüklə 277,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin