19-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi o‘rinbosari — ma’muriy ishlar bo‘yicha
sudlov hay’ati raisi, o‘rinbosarlari — fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlari
raislari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalaridan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyidagi tarkibda ish yuritadi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati;
Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati;
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati.
Sudlov hay’atlarida ixtisoslashtirilgan sudlov tarkiblari tuzilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining son jihatdan tarkibi O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: