O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi sudi, viloyatlar va
Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent
shahar ma’muriy sudlari raislarining qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonunchilikni qo‘llash masalalari bo‘yicha
tushuntirishlari bajarilishi haqidagi ma’ruzalarini eshitadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi apparati rahbarini tasdiqlaydi va uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
apparati faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot organining tahrir hay’ati tarkibini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati reglamentlarini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi o‘z vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan
qarorlar qabul qiladi.
Dostları ilə paylaş: