Sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tarjimon orqali ish
materiallari bilan to‘la tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish huquqi va sudda ona tilida yoki ular
biladigan boshqa tilda so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi
11-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
20-moddasi
.
14-modda. Sud himoyasida bo‘lish huquqi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat
organlari hamda boshqa organlarning har qanday g‘ayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor
shaxslarining xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan), shuningdek hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni hamda
qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud
himoyasida bo‘lish huquqiga ega. Yuridik shaxslar ham sud himoyasida bo‘lish huquqiga egadir.
15-modda. Odil sudlovni amalga oshirishda malakali yuridik yordam
Odil sudlovni amalga oshirishda har bir kishiga malakali yuridik yordam olish huquqi
kafolatlanadi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga sud ishlarini yuritishning har
qanday bosqichida himoyalanish huquqi ta’minlanadi.
Qonunda belgilangan hollarda davlat bepul malakali yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
16-modda. Aybsizlik prezumpsiyasi
Ayblanuvchi, uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmagunga va sudning
qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar, aybsiz hisoblanadi.
Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emas.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini
kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
26-moddasi
.
Dostları ilə paylaş: