1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosatining



Yüklə 277,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/42
tarix29.03.2023
ölçüsü277,07 Kb.
#91107
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

35-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosatining
vakolatlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati:
sud amaliyotini umumlashtirish va obzorlari, sud statistikasi tahlili materiallarini ko‘rib chiqadi;
rais o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlari raislarining sudlov hay’atlari faoliyati haqidagi
ma’ruzalarini eshitadi;
tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislarining shu sudlar faoliyati to‘g‘risidagi va
qonunchilikni qo‘llash amaliyoti haqidagi ma’ruzalarini eshitadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati qonunga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
36-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov
hay’atlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari:
o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya bo‘yicha ko‘radi;
ishlarni apellatsiya tartibida ko‘radi;
sud amaliyotini o‘rganadi va umumlashtiradi;
sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi;
sud statistikasini tahlil qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


37-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi:
sud faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;
sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi;
sud rayosatining qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil
etadi;
sud majlislarida raislik qiladi;
quyi turuvchi sudlarning faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashadi;
sudyalarning, sud apparati xodimlarining hamda xalq maslahatchilarining malakasini oshirish
bo‘yicha ishlarini tashkil etadi;
sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini
yuritish ishini tashkil etadi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning
murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
sudyalar malaka hay’ati qarorlari, xulosalari ustidan Sudyalar oliy malaka hay’atiga
taqdimnomalar kiritadi;
sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlari va
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir
faoliyati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat,
Toshkent shahar Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi;
sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning
faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;
sud apparati ishlariga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va
bekor qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi qonunga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi yo‘qligida uning
vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan tegishli sud raisining
o‘rinbosarlaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Yüklə 277,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin