16-bob. O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi mehnat faoliyati
101-modda. Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi mehnat faoliyatiga doir huquqlari
Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish, mustaqil tarzda ish qidirish va ishga joylashish huquqiga ega.
102-modda. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish uchun quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishga doir faoliyatni amalga oshiradi:
vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarga temir yo‘l chiptalarini, aviachiptalarni sotib olishda va boshqa transport-logistika masalalarini hal etishda ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashish uchun zarur hujjatlar to‘plamini rasmiylashtirishda ko‘maklashish, shu jumladan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ularga chet tillarni, ishlab chiqarishlardagi xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini o‘rgatish;
jismoniy va yuridik shaxslarning talabnomalariga ko‘ra Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalarining ish jarayonida foydalanilmayotgan transport vositalarini jalb etish orqali transport xizmatlari ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va chet ellik fuqarolarni mehmonxona sektorida joylashtirish yuzasidan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish.
Dostları ilə paylaş: |