105-modda. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishga joylashtiriladigan davlatda himoya qilish:
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari;
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi;
yuboruvchi tashkilotlar;
nodavlat notijorat tashkilotlari;
boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida hamda fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy mamlakatlarga yuborish masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan majburiyatlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
106-modda. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirganidan so‘ng qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish
Mehnat organlari O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirganidan so‘ng qaytgan fuqarolarni ular O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olgan kasbiy malaka va bilimlarni hisobga olgan holda, ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan xizmatlarni ularga ko‘rsatish orqali ishga joylashtirishga ko‘maklashadi.
Dostları ilə paylaş: |