91-modda. Kasbiy standartni qayta ko‘rib chiqish
Kasbiy standartlarni qayta ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan besh yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Quyidagilar kasbiy standartni majburiy ravishda qayta ko‘rib chiqish va almashtirish uchun asos bo‘ladi:
xodimning mehnat vazifalari, bilim va malakalari o‘zgarishiga sabab bo‘lgan ishlab chiqarish hamda mehnatni tashkil etishdagi muhim o‘zgarishlar, yangi texnologiyalar va tashkiliy-texnik tadbirlarning joriy etilishi;
mehnat sharoitlariga doir noto‘g‘ri belgilangan talablarning aniqlanishi;
ish beruvchilar va xodimlarning kasbiy standartni qayta ko‘rib chiqish yoki almashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar bilan murojaat etishi.
Kasbiy standartni qayta ko‘rib chiqish (almashtirish) bo‘yicha ishlarni bajarishga iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari mutaxassislari jalb etiladi.
Dostları ilə paylaş: |