92-modda. Kasbiy standartlarning milliy registri
Kasbiy standartlarning milliy registri O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan yuritiladi.
Kasbiy standartlar milliy registrining elektron platformasini, shuningdek malakani baholash markazlari faoliyatining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va ta’minlab borish O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Kasbiy standartlarning milliy registrini yuritish iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kasbiy standartlarni tasniflash asosida amalga oshiriladi.
15-bob. Aholi bandligi sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini moliyalashtirish
Dostları ilə paylaş: |