31-modda. Nodavlat ta’lim tashkilotlari Oldingi
tahrirga qarang.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi, bundan
maktabdan tashqari ta’limni, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga
oshiruvchi ta’lim tashkilotlari mustasno.
(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim
tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
qarori
.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya talablariga va shartlariga muvofiq ta’lim xizmatlari
ko‘rsatadi.
Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi
nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim
to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini
ko‘rsatuvchi ta’lim tashkilotlari tomonidan bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilishi mumkin. Bunda kadrlar malakasini oshirish va ularni
qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim tashkilotlari belgilangan
tartibda attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tishi kerak.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli
Qonuniga
asosan to‘rtinchi qism
bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha ta’lim xizmatlari
ko‘rsatadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan
ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq ta’lim-tarbiya
jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va yuqori kasbiy mahoratga ega
bo‘lgan pedagog kadrlar va boshqa kadrlarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘qitish
ta’lim oluvchi yoxud uning ota-onaci yoki boshqa qonuniy vakillari va nodavlat ta’lim tashkiloti
o‘rtasida tuziladigan, o‘qitish muddatlari, shartlari va to‘lovlari, tomonlarning huquq va
majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.